Get Mystery Box with random crypto!

Ratrsional fikrlash uchun emotsiyalarni nazorat qilish kerak. | Public Policy | 🇺🇿

Ratrsional fikrlash uchun emotsiyalarni nazorat qilish kerak.

Ha, qonli tariximizda ruslar bizni koʻp qiynashgan, koʻplab ziyolarimizni qatag’on qilishgan, yot madaniyatni va “milliy oʻzlik”ni singdirishga harakat qilishgan, undan oldin esa bizning hududlarga bostirib kirish chogʻida askarlardan tashqari koʻplab begunoh aholini arzimas sabablar bahonasi bilan, qoʻrqitish maqsadida qirishgan, ayollarimizni, yosh qizlarimizni zoʻrlashgan, yigitlarimizni tahqirlashgan.
Lekin buyuklik haqida gap ketganda rus xalqi bu sifatga mutlaq munosib deyish mumkin. Buyuklikka loyiq boʻmagan xalq, Oltin Oʻrdadek yirik bir davlatning kichik bir viloyatligidan oʻsha davlatning oʻz hududidan ham kengroq hududlarni qoʻlga kiritolmasdi.
Buyuklikka loyiq boʻlmagan xalq oʻzidan barobarlab katta qudratga ega va koʻpchilikni tashkil qiladigan turkiylarga qarshi birlasholmasdi. Buyuklikka loyiq boʻlmagan xalq ular bugungidek yirik davlat tuza olishlariga ishonmagan va bunga harakat ham qilmagan boʻlardi. Solishtirish uchun aytalik bugungi Ozarbayjon bugungi Rossiyani asrlar davomida urushib bosib oldi. Ruslar nafaqat xarbiy va boshqaruv sohasida balki dunyo ilm-faniga ham xuddi bizga oʻxshab kerilib maqtana oladigan hissa qoʻshishgan. Hammamiz bilgan Dmitriy Mendeleyev, Mixail Lomonosov, Aleksandr Popov, Igor Kurchatovdan tortib Sergey Korolyovgacha. Bu olimlarning nomlarini sanab o’tayotganda “va hokazo” deyishsiz chin ma’noda zerikib qolish mumkin. Balki biror alohida post qilarman, bizning kontektsda dolzarbligidan kelib chiqib. Ruslar oʻz tillarini ham qanchalik qadrlashgani va qadrlab kelayotgani ham oydek ayon. Gapirsa gap koʻp, lekin ruslardan oʻrganadigan hususiyatlarimiz ham talaygina. “Buyuk rus ogʻamiz” iborasi bu millatimizning chin irodasining ifodasi emasdi. Bu davr taqozosi edi. Bosqin davri tarixidagi ENG yirik qoʻzgʻalonning markazi aynan bugungi Oʻzbekiston hududida yashaganlar tomonidan koʻtarilgan. Natijada majburan yana boʻlinib yuborildik, mardlar qirildi, xahrixohsifatlar qoldirildi… bu toʻliq versiya emas. Videoda Smivon Masxarashvillining fikrlari yuzaki. Biz (Markaziy Osiyoliklar) tabiatan shunday emasdik, bizni shunday zaif va qaramlikka muxtoj holga keltirishgandi. Buni albatta aynan ruslar (millat emas, siyosatchilar haqida gap ketyapti) - bizning kolonialistlarimiz qilgandi.

Ammo bu ruslar buyukligi haqidagi faktlarning hech biri milliy oʻzligimizga salbiy ta’sir qilmasligi kerak. Kolonializm davri oʻtib boʻldi. Endi o‘sha eski shon-shuxratimizni tiklashimiz, berib yuborganlarimizni qaytarib olishimiz va tashqi xavfdan tahlikaga tushmaydigan, juda ham rivojlangan, eng yetakchilar qatorida bo'lgan davlatni qurishimiz kerak. Joylashuvimiz, yer resurslarimiz, inson kapitalimiz, genetik ishtiyoqimizni hisobga olsak, buni eplay olishimiz aniq.
(Fikr tugallanmadi)

Video

#Post_14

Fikr uchun

https://t.me/nno_uz