Get Mystery Box with random crypto!

Hayot balansi Hayotda lazzat, zavq bilan yashashning yo'llari | Jahongir Nizomovich

Hayot balansi

Hayotda lazzat, zavq bilan yashashning yo'llaridan biri - “live balance”ni to'g'ri taqsimlashdadir. Balansni diagrammaga o'xshatadigan bo'lsak, uni to'rt kabi sakkiz bo'lakka bo'lamiz va har bir bo'lak sizga o'ziga xos zavq beradi. Ular quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:

1. Din
Islomdagi barcha farzlaringizni ado eting. Yangi bilimlar o'rganing, suralar yodlang. Shu bilan birga yaxshilik qilishga harakat qiling va boshqalarga yaxshi kayfiyat ulashing. Hayriya ishlarida ishtirok eting. Kimnidur yuziga tabassum ulashsangiz, juda ham zavqlanasiz.

2. Oila
O'z oilangizdan va siz uchun oilangizdek qadrli bo'lgan insonlardan boshqa hech kimga ishonmang va ular bilan yetarlicha bo’lishga harakat qiling. Juda ham band bo'lsangiz, o'zingizga maqsad qo'ying: haftada eng kamida 3 mahal oilangiz bilan ovqatlanishga va oilangizga bo'layotgan o’zgarishlar bilan bo’lishib boring. Ota-onangiz bilan suhbatlashishni qadriga yeting.

3. Ilm
Ilmdan qolmang. Universitetgami, maktabgami yoki o'quv markazlarigami borganingiz-da, yangi narsa o’rganishga harakat qiling. Kitob o'qing, yoki oddiy mis You tube orqali ham ancha bilimga ega bo'lishingiz mumkin. Bu sizning qiziqishlaringizga bog'liq.

4. Sport
Sport bilan har doim shug'ullaning. O'zingizga reja qilib olsangiz yaxshi. Masalan, o’zim haftasiga 3 marta basseynga suzishga boraman. Bu esa hafta davomida o'zimni tetik his qilishimga yordam beradi.

5. Shaxsiy hayotingizda hamma bilan inoq bo'lishga harakat qiling. Kim bilandir nizoga borsangiz, sizning ham uning kayfiyati tushib ketishi aniq. Bu esa sizni tinch qo'ymaydi. Shu sababli, shu kabi holatlarga ham e'tibor bering.

6. Maqsad
Nimaga yashayotganingizni biling va maqsadlar qo'ying. 1 oylik, 1 yillik, 5 yillik, 10 yillik maqsadlar qo'ying. Bunday maqsadlar sizni doim harakatga undaydi.

7. Yaqinlar
Do'stlar, sinfdoshlar, qarindoshlar, sizga yaqin bo'lgan insonlarga ham vaqt ajrating. Do'stlaringiz bilan doimiy aloqada bo'ling. Qarindoshlarni yo'qlab turing. Faqatgina ishingiz tushganda eslamang.

8. Ish
Ishingizni puxta bajaring. Ishga ma'lum miqdorda mehr bering va ishingizni o'z vaqtida ado eting. Sohangiz bo'yicha rivojlaning. Biling-ki, kompaniya uchun qo'shayotgan hissangiz - o'zingiz uchun qo'shayotgan hissangizdir. Ishingiz faqatgina kompaniyada hodim bo'lib ishlash emas, balki o'zingizni biznesingizni yo'lga qo'yishga harakat qiling. Bu sizni erkin bo'lib ishlashingizga yordam beradi.

Bu diagramma hamma uchun ham to'g'ri kelavermaydi. Balansni buzsangiz, halovat yo'qotasiz. Chunki bir kunda 12 soatlik uyqu sizni tetiklashtirmaydi. Buning barchasi intizomga borib taqaladi. O'zingiz uchun hayot balansini tuzib oling va bu orqali hayotingiz o'zgarishi hech gap emas.

@nizomovic