Get Mystery Box with random crypto!

Ilk taassurot Bir inson bilan birinchi marta ko'rishganingizd | Jahongir Nizomovich

Ilk taassurot

Bir inson bilan birinchi marta ko'rishganingizda, u insonda siz haqingizda ilk taassurotlar paydo bo'ladi. Bu taassurotlar orqali sizni har doim shunaqa ekan deb o'ylaydi. Ilk taassurot bu so'nggi taassurotdir.

Agar siz ilk uchrashuvlarda muomala yuzasidan o'zingizni yaxshi ko'rsatib, boshqa vaziyatlarda, yaqinlaringiz bilan muomala qilayotganingizda o'z boringizcha ko'rinsangiz, oradagi farq bilinib qoladi.

O'zingizdan yosh jihatdan, mavqe jihatdan katta bo'lgan insonlar oldida o'zgarib qolmang. Boshida yaxshi ko'rinib, keyinchalik yomon ko'ringandan ko'ra, boshidanoq oddiy ko'rinib, so'ng yaxshi taassurotlar qoldirishni boshlagan maqsadga muvofiq.

Kimga bo'lishidan qat'iy nazar o'zingizni ikki xil ko'rsatmang.