Get Mystery Box with random crypto!

#Конституция_ўзимизники #Samarqand Samarqandda direktor va o | Нишон туман ахборот-кутубхона маркази.

#Конституция_ўзимизники
#Samarqand

Samarqandda direktor va o‘qituvchilar ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Unda Konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar, yangilanayotgan Bosh Qomusimizning mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni hamda referendum o‘tkazish tartibi haqida so‘z bordi.

Tadbirda badiiy chiqishlar hamda gala-konsert ham tashkil etilib, unda 2300 nafarga yaqin direktor va tashabbuskor pedagoglar ishtirok etishdi.

Ta'kidlash joiz, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyiha matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgan.

Ikki smenada tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga xizmat qilishini ta’kidlab, bu borada o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.