Get Mystery Box with random crypto!

NIMAGA?

Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA? N
Telegram kanalining logotibi nimaga — NIMAGA?
Kanal manzili: @nimaga
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.35K
Kanalning ta’rifi

Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal!
Reklama — @nimaga_ads

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-05-11 19:08:21
Nimaga baʼzida ovqatlangandan soʻng koʻngil aynishi kuzatiladi?

Nonushta yoki tushlikdan keyin ko'ngil aynishiga og'ir oziq-ovqat (asosan yog'li taomlarni) isteʼmol qilish, ortiqcha ovqatlanish, psixogen ovqatlanish buzilishi (anoreksiya, bulimiya) sabab bo'lishi mumkin.

Ammo ko'p hollarda kishining noxush holati ovqat hazm qilish traktining patologiyalari bilan bog'liq. Bularga gastrit, kolit, oshqozon yarasi, enterit kasalliklari kiradi.

P.S. Agarda sizda shunday koʻngil aynishi kuzatilsa va bu bir necha bor takrorlansa shifokor qabuliga borishni tavsiya qilamiz.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
16.3K views16:08
Ochish/sharhlash
2022-05-10 17:51:03
Nimaga koʻp miqdorda olma danaklarini isteʼmol qilish inson uchun xavfli?

Olma danagi tarkibida xavfsiz va isteʼmolga yaroqli boʻlgan Amigdalin moddasi boʻlib, u oshqozonga tushganda inson uchun zaharli hisoblangan Sianidga aylanadi. Toʻgʻri, agar olma danaklari kam boʻlsa, Sianid ham zararsiz miqdorda boʻladi.

Ammo 150 ta olma danagi (taxminan 18 ta olma) bir vaqtda isteʼmol qilinsa bu – oʻlimga olib keluvchi Sianid miqdorini hosil qiladi. Shu sababli ham olma danagini koʻp miqdorda bir vaqtda isteʼmol qilmasligingizni tavsiya qilamiz!

P.S. Olma danagini sevadigan tanishlaringizga yuboring

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
21.7K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-05-08 16:40:13
Nimaga dieta insonning his-tuygʻularini oʻzgartiradi?

Hech kimga sir emaski, dietalar insonni odatdagidan ko'ra biroz asabiylashtiradi, sababi bu jarayon kishini sevimli taomlarini iste'mol qilishdan cheklashidadir. Ammo yaqinda amerikalik olimlar dietada boʻlmagan ayollar ko'rish uchun romantik komediyalarni, dieta tutadiganlar esa triller va dahshatli filmlarni tanlashlarini aniqladilar.

Tadqiqotlar yana shuni koʻrsatdiki, o'zlarini oziq-ovqat bilan cheklaydigan ayollar ko'proq tajovuzkor bo'lishlari aniqlangan.

P.S. Shu sababli ham dieta tutadigan insonlar bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish tavsiya etiladi

Dieta tutadiganlarga "лёгкий" yuborib qo'yamiz!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
28.5K views13:40
Ochish/sharhlash
2022-05-07 16:34:35
Nimaga fortochka derazaning tepa qismida oʻrnatiladi?

Sabab sovuq ob-havo sharoitida havoning aylanishini hisobga olingani bilan bogʻliq. Yaʼni tashqaridan kirgan sovuq havo isitgich batareyaga tushadi, u qiziydi va ko'tariladi. Bu sovuq havoning issiq havoga aylanishini taʼminlaydi. Xonadan iliq havo fortochka orqali chiqadi va havosi tozalanadi.

P.S. Shunaqa, sizga oddiy koʻrinadigan har bir narsada hikmat bor.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
31.2K viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash
2022-05-06 18:35:02
Nimaga koʻzlar qizaradi?

Ko'zlarning qichishi va qizarishi tez-tez uchraydi. Ko'zlar ko'z olmasining yuzasida joylashgan kichik qon tomirlarining kengayishi tufayli qizaradi.

Agar koʻzingiz qizarsa, unda qichishish yoki og'riq his qilsangiz, birinchi navbatda ko'zda begona jism – qum zarrasi, soch yoki kiprik borligini tekshiring. Agar bunday narsalarni topa olmagan bo'lsangiz, unda har qanday holatda ko'zingizga tegmang, aks holda alomatlar kuchayadi. Bu holatda eng maʼqul yoʻl — darhol shifokor qabuliga borishdir.

P.S. Yaqinlaringizga ushbu postni ulashing. Oʻzingizni va qadrdonlaringizni asrang.

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
33.8K views15:35
Ochish/sharhlash
2022-05-04 13:14:49
Nimaga inson yurganida va yugurganida qoʻllari harakatga keladi?

Amerikalik mashhur genetik olim, biolog Stiven Kollinz biologik muhandislikning eng so'nggi usullaridan foydalangan holda, insonning yurishi juda murakkab jismoniy modelga ega ekanligini aniqlay oldi. Bu juda koʻpchilik olimlarning hayratiga sazovor boʻlgan hodisa edi.

Yurish vaqtida qo'llar dinamik muvozanatni saqlovchi og'irliklar rolini o'ynaydi, bu esa odamning tik turgan holda harakatlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga, ma'lum bo'lishicha, qo'llarning ritmik harakati – harakatni osonlashtiradi va energiya sarfini 12% ga kamaytiradi.

Atletlar ham eng avvalo qoʻllarni toʻgʻri harakatlantirib yugurishni oʻrganishadi. Agar insonda qoʻllar boʻlmaganida, yugurish boʻyicha qoʻyilgan rekordlar ham bu qadar boʻlmas edi!

P.S. Insonning har bir tana aʼzosini oʻnlab vazifani bajara oladigan qilib yaratgan Allohga hamdlar boʻlsin!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
15.2K views10:14
Ochish/sharhlash
2022-05-02 01:35:05 Nimaga yaqinlaringizga ushbu postni hoziroq ulashishingiz shart?

— Ushbu post Ramazon hayiti kuni qilinadiganlar amallarni eslatish uchun maxsus tayyorlangan boʻlib, bu amallarni yaqinlaringizga ulashib, savob olishingizni ixtiyor etdik! Bilasizki, hayit buyuk ne'mat beruvchi zotga shukr qilinadigan, cheksiz fazlini e'tirof qilib, ne'matlarni izhor qilinadigan kundir.

Hayit kuni quyidagi ishlar haqida muslim.uz sayti yozmoqda.
• g‘usl qilish;
• misvok ishlatish;
• xushbo‘ylik surish;
• chiroyli yangi kiyim kiyish (yangisi bo‘lmasa, yuvilganini kiyish);
• masjidga chiqishdan oldin fitr sadaqasini berish;
• masjidga chiqishdan oldin biror narsa tanovul qilish;
• masjidga bir yo‘ldan borib, uyga boshqa yo‘ldan qaytish;
• masjidga ketishda jahriy takbir aytmaslik (ya'ni Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) qurbon hayitiga ketishda, ko‘chada jahriy (ovoz chiqarib) takbir aytilganidek, ro‘za hayitida aytilmaydi, deb ta'kidlaydilar);
• hayit namozidan oldin masjidda nafl namoz o‘qimaslik;
• namozdan keyin ota-ona, qarindosh-urug‘lar va yaqinlarni ziyorat qilish;
• yetimlar, miskinlar, faqirlar hamda muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ularning holidan xabar olish va mehr ko‘rsatish;

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
4.1K views22:35
Ochish/sharhlash
2022-05-01 17:46:01
Nimaga Arafa kuni eng fazilatli kunlardan biri hisoblanadi?

Arafa kunidan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!” (Imom Muslim rivoyati).

Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.

Ma’nosi: “Yakkayu yolg‘iz Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q.Mulk Unikidir. Unga hamd bo‘lsin. U har bir narsaga Qodirdir” (Imom Termiziy rivoyati).

P.S. Allohim sizlarni, ota-onalaringizni, farzandlaringizni, do‘st-u birodarlaringizni va barcha mo‘min-musulmonlarni jahannam olovidan asrasin

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
14.6K views14:46
Ochish/sharhlash
2022-04-29 08:10:06
Nimaga biz har safar narsalarni qayerga qoʻyganimizni unutib qoʻyaveramiz?

Miyamizda shunday mehnatsevar hujayralar borki, ular doimo maxsus gormon ishlab chiqarib, keraksiz xotiralarni tozalab turishadi. Ushbu gormon nisbatan koʻp ishlab chiqilishi uyqu vaqtiga toʻgʻri kelar ekan. Shu sababli ham koʻp tushlarimizni eslay olmaymiz.

Tadqiqotlar shuni isbotladiki, miyamiz zavq beruvchi signallar bilan hosil boʻlgan xotiralarni yaxshi eslab qolar ekan. Demak, qandaydir narsangizni qayergadir qoʻysangiz, oʻsha vaqtda nimadir bilan oʻzingizni xursand qilib qoʻying, boʻlmasa 2 soat oʻsha narsani qidirishingizga toʻgʻri keladi.

P.S. Hayoli parishon tanishlaringizga yuboring

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
18.8K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-04-27 18:35:19
Nimaga odamlar yolgʻon gapirishadi?

Yolgʻon gapirish – bolalikdan shakllanadigan ijtimoiy "mahorat" hisoblanadi. Yaʼni hech kim yolgʻon gapirish qobiliyati bilan tugʻilmaydi, balki bolalikdan atrofidagi odamlarga taqlid qilib buni oʻrganadi.

Yolgʻon gapirishning asosiy sabablaridan biri – odam oʻzini boshqalarda yaxshi taassurot uygʻotishga harakat hisoblanadi. Psixolog Robert Feldman tadqiqotlariga koʻra insonga yolgʻonchilik odati shu qadar moslashib oladiki, inson baʼzida nutqi davomida yolgʻon ishlatayotganini hatto anglamaydi.

P.S. «Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Gʻofir surasi, 28). Yaqinlaringizga ulashing, eslating va savob oling!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
12.1K views15:35
Ochish/sharhlash