Get Mystery Box with random crypto!

Aytgancha, 'Islomiy inflyuenser'lar haqida gap ketar ekan... ' | NeoJadid

Aytgancha, "Islomiy inflyuenser"lar haqida gap ketar ekan... "Islomiy inflyuenserlarning" butun hisob-kitobi eski (sovet) kollektiv ahloq tashuvchilari o'lib ketsa, ularning tarafdori ko'payib, ular jamiyatda hukmron pozitsiyani egallashga qaratilgandek. Aslida shunday bo'layapti ham. Ya'ni, "Allohning yerdagi xalifasini, avtonom harakat qila oladigan ongli shaxsni" tarbiyalash emas, balkim yangi, endilikda "islomiy" kollektivist ahloqni yoyishga qaratilgan afkori omma yetakchilarining sayi-harakati bilan "islomiy ko'pchilik" vujudga keldi. O'zbek jamiyatiga na orzu qilingan kelajak haqida jo'yali tasavvur, na taqlid qilishga arzigulik rol modellar taklif qila olgan bu "islomiy ko'pchilikning" yagona davosi "aholining 90 foizidan ziyodini tashkil etishi"dan iborat.

Mutafakkir Ali Shariatiy "biz ko'pchilikmiz, shuning uchun hamma bizdek fikrlashi, yashashi kerak, yoki kamida tinchligimizni buzmasligi kerak" degan olomon yoki iqtidorga qaratib "men sizlarni bezovta qilishga keldim" der ekan.

Aslida ziyolilarning vazifasi ham shu, jannatga tolpa bo'lib tushib bo'lmasligini, shaxs muhimligini, deyarli aksar vaziyatlarda ko'pchilik-bo'qchilik ekanligini onda-sonda eslatib turish bo'lsa kerak.