Get Mystery Box with random crypto!

Tasavvur qiling • Siz 1900-yilda tugʻilgansiz. 14 yoshga toʻl | Negative

Tasavvur qiling

• Siz 1900-yilda tugʻilgansiz. 14 yoshga toʻlganingizda, birinchi jahon urushi boshlanadi, 18 yoshingizda 22 million insonning oʻlimi bilan tugaydi.
• Koʻp oʻtmay "Ispan grippi" deb nomlangan global pandemiyadan, 50 million inson koʻz yumadi. 20 yoshingizda pandemiyadan tirik chiqasiz.
• Siz Ikkinchi jahon urushi boshlanganda 39 yoshdasiz va 45 yoshga toʻlganingizda urush tugaydi. Hammasi boʻlib 60 milliondan ortiq oʻlim boʻladi.
• 52 yoshingizda Koreya urushi boshlanadi.
• Vetnam urushi 64 yoshingizda boshlanadi va 75 yoshingizda tugaydi.

1985-yilda tugʻilgan inson, buvisi va buvasi hayotning qanchalik qiyinligini bilmaydi deb oʻylaydi.

1995-yilda tugʻilgan va bugungi kunda 25 yoshli yigit, Амазон buyurtmasi uch kundan koʻproq vaqt oʻtgach kelmasa, yoki Фаcэбоок yo Инстаграмda postidagi layklar soni 15 dan oshmasa, bu dunyoning oxiri deb oʻylaydi.

Bugungi kunda koʻpchiligimiz farovon hayot kechirmoqdamiz, uy oʻyin-kulgilarining turli manbalariga ega boʻldik va koʻpincha bizda kerak boʻlgandan ham koʻproq narsalarimiz bor.

Ammo odamlar hamma narsadan shikoyat qiladilar. Bugun koʻpchilikda elektr toki, telefon, oziq -ovqat, issiq suv va uy bor. Bularning hech biri oldin boʻlmagan.

Ammo insoniyat bundan ham fojiali vaziyatlarni boshidan kechirdi va hayot quvonchini hech qachon yoʻqotmagan.

Shunchaki egoistlikdan voz kechish, shikoyat va yigʻlashni toʻxtatish vaqti kelmadimi?

Murat Azamov

@Negativ_rasmiy