Get Mystery Box with random crypto!

N.E.G.A

Telegram kanalining logotibi nega_unday — N.E.G.A N
Telegram kanalining logotibi nega_unday — N.E.G.A
Kanal manzili: @nega_unday
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 776
Kanalning ta’rifi

Salom do'stlar! Bu kanalda faqat quruq faktlar emas,ilm-fan va oddiy kundalik hayotimiz haqida haqiqiy, ishonish mumkin bo'lgan to'liq ma'lumotlar yetkaziladi.
Aytgancha, @SavolNEGAbot ga o'ziningizni qiziqtirgan savollarni bering!

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-11-14 21:57:42 ​Dunyodagi eng qimmat dori qancha turadi va nima uchun u shunchalik qimmat? Tanishing, Zolgensma rasman ro'yxatdan o'tgan dunyodagi eng qimmat dori vositasi. Narxi: $ 2 125 000. Qaytaraman, 2 million 125 ming AQSH dollari... Novartis kompaniyasi tomonidan…
3.2K viewsedited  18:57
Ochish/sharhlash
2020-11-14 19:13:55Dunyodagi eng qimmat dori qancha turadi va nima uchun u shunchalik qimmat?

Tanishing, Zolgensma rasman ro'yxatdan o'tgan dunyodagi eng qimmat dori vositasi.
Narxi: $ 2 125 000. Qaytaraman, 2 million 125 ming AQSH dollari...

Novartis kompaniyasi tomonidan 2019-yilda ro'yxatdan o'tgan, vena orqali yuboriladigan, bir martalik gen terapiyasi. SMA 1-toifa (Spinal Muscular Atrophy) ya'ni tug'ma orqa miya mushak artrofiyasida qo'llaniladi. Bu kasallik, chaqaloqlarda 6 oygacha aniqlanadi. DNKdagi anomaliya sababli, 1 dona muhim genning yo'qligi, SMN deb ataluvchi, mushaklarni harakatlantirishda muhim rol o'ynaydigan, oqsil tanqisligiga olib keladi. Zolgensma esa geni o'zgartirilib, ichiga aynan o'sha kerakli gen o'rnatilgan adenoviruslarni qonga yuboradi. Viruslar nerv hujayralari ichiga kirib, DNKdagi yoqolgan genning o'rnini to'ldiradi va bu reja boʻyicha bemorni bir umr o'sha kerakli oqsil bilan ta'minlab tura oladi. Ha, ilm-fan hozir shunaqasiga ham qodir. Ammo nega bu shunchalik qimmat?

1-sabab. O'zi, har qanday gen terapiyasi hozircha qimmat.
Bu yo'nalish nisbatan yangi va ilm-fanning eng so'nggi yutuqlaridan foydalanadi.

2-sabab. Zolgensma turli olimlarning 10 yillik mehnat mahsuli sanaladi. Shuning uchun, dori narxiga faqat ichidagi moddalar tannarxi emas, uning ustida ishlagan hodimlar, talabalarga ajratilgan grantlar, tadqiqotlar uchun ketgan pullar ham qo'shilgan.

3-sabab. Menimcha eng asosiysi. SMA kamyob kasallik va tabiiyki bemorlar soni kam. Talab kam boʻlganidan keyin, kompaniya o'z-o'zidan barcha harajatlarni qoplash uchun millionlab qadoqlar emas, atigi sanoqli dozalarni sota oladi. Bundan tashqari Zolgensma bu kasallikda yagona davo hisoblanadi va faqat bitta kompaniya tomonidan chiqariladi. Uning eski alternativi boʻlgan Spinraza dorisi nisbatan arzonroq ($400 ming), lekin uni butun umr orqa miya suyuqligiga in'eksiya qilib turish kerak. Shuni hisobga olsak, bir martalik Zolgensma undan oldingi davodan 10-15 barobar arzonroqga tushadi.

Zolgensma hozir faqat sanoqli, rivojlangan mamlakatlarda roʻyxatdan o'tgan va faqat o'sha yerlarda in'eksiya qilinadi.
Yana rivojlangan mamlakatlarda Zolgensma o'z fuqorolari uchun sotib olib beriladi yoki bir qismi to'lab beriladi. Qolgan mamlakatlarda esa... Ha, mayli

Qiziqarli ilm-fan faqat
@nega_unday
6.7K viewsedited  16:13
Ochish/sharhlash
2020-11-05 07:42:05Odamlarning miyasini o'yib, ularni nogiron qilib qo'yib, yana kamiga bu ishi uchun tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti olish mumkinmi? Ha, mumkin.
Bu portugaliyalik neyrojarroh Egash Monish va u lobotomiya operatsiyasini ixtiro qilib, insonlarni psixologik muammolardan "xalos" qilayapman deb o'ylagan. 1949-yilgi Nobel komiteti ham bu firibgar doktorga ishonib mukofot berib o'tiribdi.

Eng achinarlisi, avval faqat ruhiy kasallar uchun moʻljallangan "muolaja", keyinchalik sog'lom insonlarning ham fikrlash qobiliyatlarini oshiradi deya faol reklama qilinib, butun dunyoda mashhur boʻlib ketdi. Lobotomiya deb ataluvchu bu operatsiyadan maqsad, miyaning peshona sohasidagi oq moddani atayin shikastlab, ba'zi insonlarda jo'sh urib ketadigan "hayvoniy" hissiyotlarni umuman yo'q qilish edi. Natijada, inson ortiqcha hissiyotlarga berilmaydigan, ish samaradorligi juda yuqori "mashina"ga aylanishi kerak edi.

Afsuski, lobotomiyadan keyin ko'pchilik, aksincha to'g'ri qaror qabul qila olmaydigan, yashashdan maqsadi yo'q, ertangi kunni o'ylamaydigan "uy hayvonlari"ga aylanib qolishdi. Lobotomiyani amalga oshiradiganlarning ko'pchiligi aslida haqiqiy xirurg bo'lmagani sababli, o'lim bilan tugagan operatsiyalar haqida gapirmasa ham bo'ladi. Ammo, o'sha paytlarda bu odamlarni hech ham tashvishga solmagan. AQShning o'zida 50 000 oshiq operatsiya o'tkazilgan. Hatto, bo'lajak prezident J. Kennedining opasi ham yoshligida lobotomiya qilingan va hatto u ham butun umrga nogiron boʻlib qolgan.

Hozirda lobotomiya barcha davlatlarda taqiqlangan. Ammo, Nobel komiteti hali ham Egash Monishning mukofoti anglashilmovchilik bo'lganini tan olib, uni qaytarib olishdan bosh tortadi.

Qiziqarli ilm-fan faqat
@nega_unday
1.5K views04:42
Ochish/sharhlash
2020-11-03 13:08:54
Ёшлигимизда “Самовий саргузаштлар” фильмини севиб томоша қилганмиз. Саъдулло Қуроновнинг “Галактикада бир кун” илмий-фантастик қиссаси беихтиёр ўша фильмни ёдга солади. Ўзга сайёраликлар, фазовий кема, сайёралараро саёҳат нафақат кичик, балки катта ёшдаги китобхонларни ҳам қизиқтириши аниқ.

❍ Ўн икки ёшли Аҳмад ва ўзга сайёралик Маргол галактика саёҳатига отланишади. Уларни олдинда қандай саргузаштлар кутмоқда?
❍ Эйнштейннинг вақт ҳамма жойда бир хил ўтмаслигини исботлаб берганини биласизми?
❍ “Эгизаклар парадокси” ҳақида эшитганмисиз?
❍ Ньютон умрининг сўнгида алкимё билан шуғулланганидан хабарингиз бормиди?

Қисса қизиқарли сюжетга эга, шунингдек, фойдали маълумотларга бой.

Бу асар сизни бефарқ қолдирмаслиги, ўғил-қизингизнинг энг яқин дўстига айланишига шубҳа йўқ. Фарзандингиз вақтини мазмунли ўтказиши, янги билимларни эгаллаши учун “Галактикада бир кун” беминнат ёрдам беради.

Муқова: Юмшоқ, 160 бет
Нархи: 14 000 сўм
Онлайн харид қилиш: @akademsavdo
Тел: +998 71 216 87 81

#ўқибкўринг

@akademnashr
1.0K views10:08
Ochish/sharhlash
2020-11-03 08:02:53
Mana shu (tepadagi video) hozircha, o'sha tarixiy kadrlarning tiklangan, eng "sifatli" ko'rishi. Hatto neyron tarmoqlar ham yordam berolmagan ko'rinadi)))

Pastdagi video esa huddi o'sha lavhalarning boshqa kadrdan, bevosita Oy moduli ichidan olingan tasvirlari. Ko'rib turganingizdek sifat ancha yaxshi. Balki, yoqolgan kassetalar topilganda, birinchi videoni ham shunday sifatda ko'rgan bo'lardik.

P. S
O'rnatilgan bayroqga e'tibor bering. Konspirologlar aytganidek hilpirab turmayapti. Yerdagi studiyada bunday effektga erishish juda qiyin bo'lsa kerak.

Qiziqarli ilm-fan faqat
@nega_unday
941 views05:02
Ochish/sharhlash
2020-11-02 19:27:48 ​2010-yillardan oldin tugʻilganlarning ko'pchiligi hali ham videokassetalarni eslay olsa kerak. Biror muhim kassetani ustiga boshqa narsani yozib yuborib, gap eshitish ham tanishdir balki . Siz o'chirib yuborgan eng muhim hodisa qaysi? To'y? Alifbo bayrami? Balki, birinchi bor Oy yuzasida yurgan insonlarning tarixiy tasvirlaridir?

Ha, NASA hodimlari 1969-yildagi tarixiy voqea, Nil Armstrong va sheriklarining Oy ustida sayr qilishgani tushirilgan original kassetani ustiga boshqa narsa yozib yuborishgan. Bunga 80-yillarda tashkilotda kassetalar yetishmovchiligi sabab boʻlgan. Ular eski kasetalar ustiga boshqa narsalarni shunchaki yozib ketaverganlar. U paytlarda bu oddiy hol edi, qo'shimchasiga NASAda unchalik koʻp pul qolmagandi. Apollon-11 original kasetalarini saqlab qo'yish hech kimga kerak boʻlmagan.

Faqat 2006-yildagina, tarixiy videoni sifatini oshirish maqsadida original tasmalar kerak boʻlib qoladi. Sababi, original tasma koinotning o'zidan olingan. Qolganlari esa televideniyaga yetib kelguncha, sifati ancha tushib bo'lgan tasvirlardan yozib olingan edi. NASA tasmalarni qidirishga tushdi. 2009-yildagi konferensiyada esa katta ehtimol bilan original tasmalar ustiga 80-yillarda boshqa narsa yozib yuborilganini rasman tan olindi.¯\_(ツ)_/¯

Kassetani ustiga yozib yuborish borasida, sizning eng katta qovuningiz qaysi bo'lgan? Kanal chatida qoldiring)

Qiziqarli ilm-fan faqat
@nega_unday
888 viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2020-11-01 07:27:01Internet necha kilogramm og'irlikga ega?

2020-yil oxiriga kelib, global internet hajmi taxminan 40 zettabayt bo'lishi kutilmoqda. Bu 40 000 000 000 000 gigabayt ma'lumot degani. Hozirgi o'rtacha internet tezligi bilan 40 zettabayt ma'lumotni yuklab olish uchun esa sizdan taxminan 400 million yil vaqt talab etadi.

Bu ma'lumotlarning aksariyat qismi, dunyo boʻylab taqsimlangan, ulkan serverlardagi qattiq disklarda saqlanadi. Qattiq disklarning ishlash prinsipini bilgan holda, sodda matematik hisob-kitoblar yordamida, butun boshli internetdagi barcha ma'lumotlar taxminan 0.0000000000000000025 milligramm ogʻirlikga ega ekanligini aniqlash mumkin. Tasavvur qilyapsizmi, barcha xabarlar, yozishmalar, rasmlar, YouTube'dagi milliardlab videolar, barcha-barchasi atigi eng kichik chang zarrachasi kabi ogʻirlikga ega.

Bundanda hayratlanarli ma'lumotlar faqat
@nega_unday
3.6K views04:27
Ochish/sharhlash
2020-10-10 04:36:24
​Bahaybat daraxtlar uchiga suv qanday qilib yetib boradi? Daraxtlar suvni ildizlardagi osmotik bosim (diffuziyaga o'xshash hodisa) evaziga tuproqdan shimib olishadi. Keyin esa suv daraxt yogʻochi (ksilema) ichidagi naychalar orqali daraxtning barcha uchlariga…
1.6K viewsedited  01:36
Ochish/sharhlash