Get Mystery Box with random crypto!

​Nega atmosferaga katta tezlikda kirib kelayotgan meteoridlar | N.E.G.A

Nega atmosferaga katta tezlikda kirib kelayotgan meteoridlar va kosmik kemalar qizib ketadi?

Tipik, ammo notoʻgʻri javob:
Albatta, havoning qarshiligi sababli, ishqalanish yuqori bo'lganidan

Haqiqiy javob: Aeorodinamik qizish. Yanada aniqroq qiladigan bo'lsak, adibatik qizish hodisasi sababli.

Ha, havo molekulalari va qulayotgan jism orasidagi ishqalanish rostdan ham haroratning oshishiga olib kelishi mumkin. Ammo, raketa va meteoridlarning qizil cho'g' kabi qizib ketishlariga asosiy sababchi adibatik qizish jarayoni hisoblanadi.
Gap shundaki, biror jism o'ta yuqori tezliklarda harakatlanayotganda, uning qarshisidagi havo qatlami jismni "aylanib o'tishga" ulgurmay qolib, siqilib boraveradi.
Natijada, jism oldida yuqori bosimga ega, zichlashgan havo qatlami, ya'ni zarba to'lqini hosil boʻladi. Albatta barcha gazlar kabi havo ham siqilganida qizishni boshlaydi (Xuddi shu jarayonni ichki yonuv dvigatellarida ham ko'rish mumkin). Issiqlik havo orqali kosmik kema yoki meteoridga ham o'tadi va ularni ham qizdirib yuboradi.

Qayd etish joizki, aeorodinamik qizish hodisasi o'ta yuqori tezliklarda uchadigan samolyotlar, va shu tezliklarda harakatlana oladigan har qanday jismlarda kuzatilishi mumkin.

Qiziqarli ilm-fan faqat
@nega_unday