Get Mystery Box with random crypto!

​Savol: 'Agar asalarilar qirilib ketsa, 4-yildan keyin insoniy | N.E.G.A

​Savol: "Agar asalarilar qirilib ketsa, 4-yildan keyin insoniyat ham qirilib ketadi" degan gap rostmi?

Javob: Ha, lekin YO'Q.

Ha: bizga qiyin boʻladi.
Ammo: Katta ehtimol bilan insoniyat qirilib ketishga yaqin ham kelmaydi.
Va, shuni yaxshilab bilib qo'yingki, bu gapni aslo Albert Eynshteyn aytmagan.

Ha, asosan asalarilar koʻplab gullaydigan mevali (odatda ikki pallali) o'simliklarni changlatadi.
Ammo, aridan boshqa koʻplab hasharotlar ham gullarni changlatishi mumkin. Yana masalan, Amerika qit'alariga arilar yevropaliklar tomonidan olib kelingan. Ungacha faqat o'sha yerlarda o'sgan, kartoshka, pomidor, kakao kabi gulli mevalar bemalol boshqa hasharotlar tomonidan changlanib, yashnab kelavergan-ku.
Buning ustiga, insoniyatning asosiy ozuqa ratsioniga kiradigan don ekinlari, xususan bug'doy va sholiga hasharotlar deyarli kerak ham emas. Ular faqat shamol orqali ham juda yaxshi changlanaveradi.

Ha, arilarning qirilib ketishi ko'plab mahsulotlarning qimmatlashib ketishiga olib kelishi mumkin. Masalan, tabiiy paxtadan kiyim kechaklar, deyarli barcha mevalar, shundoq ham qimmat boʻlgan sevimli kofeimiz va h.k.
Ammo, hozir ekinlar inson qo'li mehnati bilan ham ancha yaxshi changlatilmoqda. (Uzoqqa bormaymiz, issiqxonlarni eslang!) Keyinchalik, arilarni o'rnini bosadigan, mitti, changlatuvchi dronlar ham ishlab chiqilmoqda. Xullas, barchaga sevimli va kerakli madaniy oʻsimliklarni oʻstirish qimmatroqga tushsa ham, ularni butunlay yoqolib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Xullas, har doimgidek bir amallab ketsak bo'ladi.

Albatta, bu post bilan "heh, arilarni bizga keragi ham yo'q " demoqchi emasman. Bir turning yoqolib ketishi bu albatta falokat. Mening asosiy maqsadim, odamlarni har doim qabul qilgan ma'lumotini haqiqatga qanchalik yaqin ekanligini tekshirishga undash.

P. S
Iltimos, Eynshteynni ham tinch qo'ying!!!


Qiziqarli ilm-fan faqat
@nega_unday