Get Mystery Box with random crypto!

Nega O‘zgardim?

Telegram kanalining logotibi nega_ozgardim — Nega O‘zgardim? N
Telegram kanalining logotibi nega_ozgardim — Nega O‘zgardim?
Kanal manzili: @nega_ozgardim
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.66K
Kanalning ta’rifi

"Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish!

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-09-03 16:05:31 Uzluksizlik va davomiylik

Har qanday muvaffaqiyat ortida yuzlab-minglab xato ketgan urinishlar bo‘ladi.

Ibn Atoulloh Sakandariy aytganlaridek: "Kamonchining ishi - otish, nishonga bugun tegmasa, ertaga tegadi".

Biz nishonga tekkan o‘qni ko‘ramiz xolos. Bu natijaga erishgan inson juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygani, bu yo‘lni tanlaganiga afsuslangani, chekinish xohishi paydo bo‘lganda uni yenga olgani nazarimizdan chetda qoladi.

Asosiysi uzluksiz va davomiy harakatlanishdan to‘xtamaslik, qat'iyat bilan oldinga yurish. Shunda hattoki qoyalar ham parchalanadi, ochilmagan eshiklar ham ochiladi.

@nega_ozgardim
27.5K views13:05
Ochish/sharhlash
2023-09-02 20:25:39 Vaqt qadri

Oltindan qadrli, javhardan qimmatli bir narsa bor bo’lsa, u ham bo’lsa vaqtdir. Vaqt bizning har turli ishni qilishga kuchimiz yetadigan fursatdir.

Bir soatning bekor o’tgani – ixtiyorimizda bo’lgan fursatning zoye bo’lganini bildiradi. Holbuki, shu fursat ichida foydali ishlarga ixtiyorimiz bor edi.

Fursatni g’animat bilgan odam vaqtidan unumli foydalana oladi. Vaqt qadrini bilgan odam havoyi nafsdan tiyila oladi. Vaqt qadrini bilgan odam buyuk bo’lishga haqlidir.

Aqlsizlikning eng yomon ko’rinishi – vaqtni bekor o’tkazishdir.

Vaqtimizni bekorchi narsalardan asraylik. Zero har bir soniyamiz oltinga tengdir!

@nega_ozgardim
21.3K views17:25
Ochish/sharhlash
2023-09-01 18:13:48 O‘zlik

Bir necha yildan beri yurtimizda xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘qitish ommalashdi. Bunga sabab har sohaning eng yaxshi manbaalarini ingliz tilida topish va foydalanish imkoni mavjudligi hamda dunyoning yarmidan ko‘p aholisi ingliz tilida gaplasha olishidir.

Chet tillarini o‘quv dargohlarida ommalashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - ilm olish va ilm tarqatish imkonini kengaytirishdan iborat.

Biz xorijiy tilni shu maqsadda o‘rganyapmizmi?

Yo‘q! Aksariyatimiz qaysi tilni o‘rgansak, o‘sha til millatining turmush tarzi, kiyinishi va yurish-turishiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilyapmiz. Ayrimlarimiz xorijiy tillarni bilishimizni bildirib qo‘yish uchun, o‘z ona tilimiz o‘rnida ham xorijiy tilda gaplashyapmiz.

Til o‘rganishdan asosiy maqsad - sohamizning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, yangilik yaratish va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shish bo‘lmas ekan, ko‘r-ko‘rona taqlid ketidan o‘zligimizni yo‘qotib, o‘zgalarning o‘zligini qanday o‘zlashtirganimizni o‘zimiz ham sezmay qolamiz!

Rivojlanish uchun, yuksalish uchun o‘zligingizni izlang, topganingizdan keyin yo‘qotib qo‘ymang!

@nega_ozgardim
20.0K views15:13
Ochish/sharhlash
2023-08-30 22:58:52 ‘O’zgaramiz’ amaliy qo’llanmasini yillar o’tib stol tortmasidan olib o’qisangiz u sizni maroqli va hayajonli xotiralar mamlakatiga sayohat qilishingizga yordam beradi..

Rim shoiri Mark Mars’ial shunday degan edi: “O’tgan umrdan zavqlana olish - ikki marta yashashdir”

@nega_ozgardim
18.6K viewsedited  19:58
Ochish/sharhlash
2023-08-30 21:03:09
Quyoshning tong otishiga aloqasi yo‘q. Tong shunchaki onalarning uyg‘onishi bilan boshlanadi.

Mubashshir Ahmad

Ps: Millat onalari uyg‘ona olsa, ummat ham uyg‘onadi.

@nega_ozgardim
23.3K views18:03
Ochish/sharhlash
2023-08-29 20:55:38 Arab tilida do‘st so‘zining turlari:

Soodiq - صَادِقٌ : Sadoqatli inson.
Sodiyq - صَدِيقٌ : Yurakka yaqin inson.
Soduuq - صَدُوقٌ : Aslo yolg‘on gapirmaydigan inson.
Siddiq - صِدِّيقٌ : Ichi ham tashi ham birdek inson.
Masduuq - ٌمَصْدُوق : So‘zi tasdiqlanadigan inson.
Musoddaq - ٌمُصَدَّق : Birodarini so‘zsiz tasdiqlovchi inson.

P.s: Siz shunday do‘st bo‘la olyapsizmi?!

@nega_ozgardim
20.0K views17:55
Ochish/sharhlash
2023-08-29 08:26:00 Muvozanat

Ijtimoiy tarmoqda kuningizning ko‘p qismini sarflash sizni sabrsizlikka, mashaqqatsiz rohat izlashga o‘rgatib qo‘yadi.

Kimgadir majnunlarcha fanatlik qilishingiz va ergashishingiz o‘z fikringiz va qarorlaringizdagi mustaqilligingiz yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Ishxonangizda tun-u kun mehnat qilishingiz, hayotingizning boshqa jabhalarida e'tiborsizlik va loqaydlik qilishingizga yo‘l ochib beradi.

Munosabatlarda me'yordan oshish ikkinchi tomon tuyg‘ularingizni suiste'mol qilishiga zamin yaratadi.

Hayot dor raqsiga o‘xshaydi. Sizdagi qaysidir tuyg‘u yoki odatning vazni me'yordan oshsa, o‘sha sabab tufayli muvozanatni yo‘qotasiz, hatto ayrimlari sizni dordan qulatadi.

Muvozanatni yo‘qotmang!

@nega_ozgardim
13.8K views05:26
Ochish/sharhlash
2023-08-28 20:51:50 Oʻzgarishni oʻzingizdan boshlang!

Bugun siz kitob oʻqisangiz yoningizdagilar ham kitob oʻqiydi. Ilm olsangiz, goʻzal xulqli boʻlsangiz ular sizdan oʻrnak olishadi!

Farzandlaringizga eʼtibor bering, ularning oldida kitob oʻqisangiz, ular ham oldingizga kelib oʻqishga harakat qilishadi. Ularga qanday tarbiya berayotgan boʻlsangiz, kelajakda shuning natijasini koʻrasiz.

Biz jamiyat oʻzgarishini, ilm olishini xohlaymiz, adolatsizlik-u fitnalar haqida gapiramiz. Lekin oʻzimiz-chi? Bugun 10 bet boʻlsa ham kitob oʻqiyapmizmi? Farzandlarimizni ilmga qiziqtira olayapmizmi?

Siz avval oʻzingizni oʻzgartiring, atrofingizdagilar ham oʻzgarishni boshlashadi!

@nega_ozgardim
13.6K views17:51
Ochish/sharhlash
2023-08-26 11:51:13
9- mavsumni kutayotganlar
13.0K views08:51
Ochish/sharhlash
2023-08-23 11:53:45
Bugungi kunimiz boshqacha "o'zgaramiz" ga o'rganib qolibmiz. Shirin xotiralar, ajoyib atmosfera, cheksiz bilimlar hammasi ta'riflashga til ojiz. Seni yaxshi ko'ramiz "O'zgaramiz"

O'zgaramiz || Afifalar guruhi!

@nega_ozgardim
13.5K views08:53
Ochish/sharhlash