Get Mystery Box with random crypto!

16 yoshli maktab o‘quvchisi Telegram’da soxta avtokredit guruh | Navqiron.uz

16 yoshli maktab o‘quvchisi Telegram’da soxta avtokredit guruhi ochib, fuqaroning pulini o‘zlashtirdi

Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Z.J. IIB organlariga ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali pullarini o‘zlashtirgan shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

U arizasida, Telegram’dagi “Avtokredit bosh to‘lovsiz” guruhiga a’zo bo‘lgani, o‘zini guruh admini deb tanishtirgan shaxs uning ishonchiga kirib, 3 yil muddatga 90 mln so‘mga 16 foizdan “Nexia 3” mashinasini olib berishini va’da qilganini, shundan so‘ng kelishuv asosida boshlang‘ich 2 mln 180 ming so‘m pulni qo‘lga kiritgach, telegram messenjeridagi yozishmalarini o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan 10-sinf maktab o‘quvchisi M.D. ekani aniqlangan. unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@navqironuz