Get Mystery Box with random crypto!

​​“Bir kunda 16 km yo‘l bosaman” — maktabga eshakda qatnaydiga | Navqiron.uz

​​“Bir kunda 16 km yo‘l bosaman” — maktabga eshakda qatnaydigan bola

Davlat Xursanov Xatirchi tumanidagi 30-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi. U maktabga olisdan — tog‘lar orasidan eshakda qatnaydi. Akasi Shamshod Xursanov shu yil maktabni tamomlab, talaba bo‘lgan. Aka-uka yoshligidan bir eshakka mingashib, har kuni 16 km yo‘l bosganicha maktabga borib-kelishgan.

Davlat soat 6:30da maktabga qarab yo‘lga chiqadi va manzilga soat 7:45da yetib boradi. Qish kunlari u bu masofani piyoda bosib o‘tadi. Chunki izg‘irinli kunlarda eshakda yurib bo‘lmaydi, odam harakatsizlikdan sovqotadi.

Davlatning ta’kidlashicha, u yozda tog‘ pistasi terib, 2 mln so‘mga yaqin mablag‘ topgan. U bu pulga mototsikl olmoqchi bo‘lgan. Lekin akasi kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingach, fikridan voz kechib, topgan pulini akasiga bergan.

P.S. Yoshlar tashkilotlari bu yoshlarga qachon e’tibor qaratadi? Yoshlarning muammolari bilan shug‘ullanish uchun bir emas, qator-qator tashkilotlar tuzilgan. Viloyatda ham, tumanda ham yoshlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari bor. Bular mana shu kabi yoshlarning hayotini o‘zgartirishga urinmasa, ularning borligidan nima foyda?

@navqironuz