Get Mystery Box with random crypto!

RASMIY MUNOSABAT Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’li | Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

RASMIY MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiyda maktabdagi janjaldan so‘ng o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qildi” sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Maqoladagi holat Xatirchi tumani, Langar qo‘rg‘onidagi 58-umumta’lim maktabi o‘quvchisi bilan sodir bo‘lgan. Bundan boshqarma rahbariyati xabardor bo‘lgach, zudlik bilan ishchi guruh tuzildi, vaziyat nazoratga olindi. Hozirgi vaqtda xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Bundan tashqari, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Xatirchi tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda
Ushbu holat nazoratga olingan bo‘lib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.