Get Mystery Box with random crypto!

Boshlangʻich sinflarda bir kunda 3 yoki 4 tagacha nazorat ishl | Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

Boshlangʻich sinflarda bir kunda 3 yoki 4 tagacha nazorat ishlarini oʻtkazish mumkinmi?

Maʼlumki, boshlangʻich sinflar alohida fiziologik xususiyatga ega boʻlib, ularni o'qitishda sanitariya qoidalari va normalarida belgilangan meyorlarga rioya etish talab etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligining  “Oʻrta taʼlim maktablarda taʼlim shartlari va tashkil etilishiga qoʻyilgan sanitar-epidemiologik talablar” toʻgʻrisidagi  hujjatida boshlangʻich sinflarda yozma ishlar olish tartibi belgilab qoʻyilgan.

Unga ko'ra, oʻquv kuni davomida bittadan ortiq nazorat ishini oʻtkazmaslik hamda nazorat ishlarini 2-4- darslarda oʻtkazish tavsiya etiladi.

Boshlangʻich sinflarda qoʻshaloq darslar oʻtkazilmaydi. Shuningdek, 1-sinflarda bir kunda 4 soatdan ortiq dars oʻtish mumkin emas, 2-4-sinflarda esa bu eng koʻpi bilan 5 soat etib belgilangan.

1-sinfda oʻqiyotganlar uchun eng qiyin fanlar 2-darsda,
2-4-sinfda oʻqiyotganlar uchun – 2-3-darslarda, 
5-9-sinfda oʻqiyotganlar uchun – 2-4-darslarda oʻtkazilishi kerak.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan ushbu, chorak oxirlagan ayni kunlarda mazkur talabga rioya qilishlarini soʻrab qolamiz.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube