Get Mystery Box with random crypto!

TAYINLOV Mardonov Elyor Irdonovich Navoiy viloyati hokimining | Навоий ФУУБОХМО укув курси

TAYINLOV

Mardonov Elyor Irdonovich Navoiy viloyati hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Elyor Mardonov 1983-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.

E.Mardonov mazkur lavozimga qadar Navoiy shahridagi ХХХ-sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi vazifasida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot o‘rnida: Navoiy viloyati hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida shu paytga qadar faoliyat yuritib kelayotgan. G. E. Musurmonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan 2023-yil 13-aprel kunidan vazifasidan ozod qilingan.

Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.