Get Mystery Box with random crypto!

2 ta tuman va 1 ta shahar hududidan oʻtgan yoʻlning bir qismi | Navoiy kanal

2 ta tuman va 1 ta shahar hududidan oʻtgan yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi

Navoiy viloyati Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan oʻtgan A-379 avtomobil yoʻlining 206-289 kilometrlarida transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatildi.

Maʼlum qilinishicha, vaqti-vaqti bilan qor va yomgʻir yogʻayapti, shamol tezligi 30-35 metr/sekundgacha kuchayib, yoʻlga sepilgan qum va tuz aralashmalarini ham uchirib yubormoqda. Buning natijasida muzlamalar yuzaga kelgan.


@NAVOIY Kanali