Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy viloyatida kuchli shamol va qor tufayli ayrim hududlar | Navoiy kanal

Navoiy viloyatida kuchli shamol va qor tufayli ayrim hududlar aholisi “svet”siz qoldi

Qayd etilishicha, viloyatning Uchquduq, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahrida 12 martdan 13 martga o‘tar kechasi kuchli shamol esib, qor yog‘di.

Oqibatda, elektr tarmoqlari tizimida nosozliklar kelib chiqqan, ayrim hududlarda aholi elektr energiyasiz qolgan.

Ayni paytda elektr taʼminoti korxonalari xodimlari tomonidan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan vaqtinchalik uzilishlarni bartaraf etish ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali