Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi/Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi navmohm — Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi/Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi navmohm — Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi/Rasmiy kanal
Kanal manzili: @navmohm
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.11K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: http://navoiymoi.uz
Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz
Telegram: http://t.me/navmohm
Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm
Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni: 99-113-52-62

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 08:09:49
Ватанни севиш керак!

Тадбиркор:
— Ҳурматли Президент ҳаёт формулангизнинг сири нимада, бунчалик энергияни қаердан оласиз?

Президент:
— Бунда сир йўқ. Ватанни севиш керак!

Президентнинг тадбиркорлар билан учрашувидан.
584 views05:09
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:10:08
#Bilasizmi

Maktablarda kimlar darsliklar bilan bepul ta‘minlanadi?

Birinchi sinf, “Mehribonlik” uyi, maxsus maktab, maktab-internatlari va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar oʻquvchilari maktabning kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul ta’minlanadi.

Bunda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar oʻquvchilari roʻyxati 1-sentabrgacha fuqarolar yigʻini iltimosnomasi va ota-onalar qoʻmitasi xulosasi asosida maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Navoiy xabarlari
231 views09:10
Ochish/sharhlash
2022-08-26 13:08:39 ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

Ҳурматли халқ таълими ходимлари, педагог устозлар!

Хабарингиз бор, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 17 январдаги 25-сон қарори билан "Халқ таълими ходимларини узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини ташкил этиш тартиби тўғрисида низом" тасдиқланган эди.

Эндиликда халқ таълими ходимлари фақат Халқ таълими вазирлиги тасарруфидаги малака ошириш ташкилотларида эмас, балки, ўз ихтиёрларига кўра, давлат ва нодавлат таълим муассасаларида ҳам ўз малакаларини оширишлари мумкин бўлди.

Нодавлат таълим ташкилотларининг халқ таълими ходимлари малакасини ошириш бўйича харажатлари давлат бюджетининг мазкур соҳага ажратилган маблағлари ҳисобидан қопланиши белгиланди.

Низомга мувофиқ, халқ таълими ходимларининг малакасини ошириш фаолияти билан шуғулланадиган нодавлат таълим ташкилотлари Реестри шакллантирилди.

Реестр орқали келиб тушган аризалар тегишли тартибда Халқ таълими вазирлиги томонидан кўриб чиқилди ва белгиланган талабларга жавоб берадиган 3 та нодавлат таълим ташкилотлари, “Зиё муаллим педагоглар ривожланиш маркази”, "Turon international school group" ва "Тафаккур чархпалаги" нодавлат таълим ташкилотлари халқ таълими ходимларининг малакасини ошириш фаолияти билан шуғулланишлари учун имконият яратилди.

Ушбу нодавлат таълим ташкилотлари қуйидаги йўналишлар бўйича малака ошириш курсларини ташкил этадилар:

• Информатика ва ахборот технологиялари;

• Инглиз тили.

Бошқа нодавлат таълим ташкилотлари ҳам юқоридаги ташкилотлар каби халқ таълими ходимларининг малакасини ошириш фаолияти билан шуғулланишлари мумкинлигини эслатиб ўтамиз.

Малака ошириш фаолиятини йўлга қўймоқчи бўлган нодавлат таълим ташкилотларига “Узлуксиз касбий таълим” электрон платформасининг Нодавлат таълим ташкилотлари реестри орқали рўйхатдан ўтишлари мумкинлигини маълум қиламиз.

Халқ таълими ходимларининг малакасини ошириш билан шуғулланадиган нодавлат таълим ташкилотлари сонининг ортиши педагогларга танлаш имкониятини кенгайтириш баробарида соҳада соғлом рақобат муҳитини шаклланишига хизмат қилади.

Эслатиб ўтамиз, ходимдан қаерда малака оширишидан қатъий назар, жорий йил учун белгиланган кредит балларини йиғиш талаб қилинади.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
194 views10:08
Ochish/sharhlash
2022-08-26 11:27:58
90 foiz oʻqituvchilar attestatsiyadagi yangi tartibni ijobiy baholashgan

18 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etgan soʻrovnomadagi “Siz faoliyat olib borayotgan taʼlim tashkilotida «pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash” (20 ballik maʼlumotnoma berish) ishlarini qanday baholaysiz?» degan savolga ishtirokchilarning 90 foizi ijobiy (aʼlo, yaxshi, qoniqarli) deb javob bergan.

Taʼlim inspeksiyasi pedagoglar fikrini oʻrgangan holda attestatsiya jarayonlarini takomillashtirishda davom etadi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4605

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish:
https://t.me/uztdi
296 views08:27
Ochish/sharhlash
2022-08-26 10:43:34 Nutq so'zlashning samarali usullari

Nutqni mavzudan biroz yiroq bo‘lgan noanʼanaviy usulda boshlang. Masalan, qarsak chalish, qo‘lni qisirlatish, sal balandroq gapirish, sheʼr aytish va hokazo. Garchi bu g‘alatidek tuyulsa-da, birinchi holatdayoq tinglovchilar eʼtiborini jalb qilishga yordam beradi;

Nutqda faqat gapirishdan yiroqlashing. Mavzuga mos suratlar, qisqa videoroliklar, faktlar, statistikalar, iboralardan foydalaning. Taʼsirchanlik doirasini kengaytiring;

Mavzu nomini qayta-qayta eslatishdan, bitta so‘z yoki jumlani takrorlashdan ehtiyot bo‘ling. Iloji boricha yangi fikrlardan foydalaning;

Imkon qadar motivatsiya ulashishga harakat qiling. Yolg‘on yoki isbotlanmagan faktlarni ishlatmang. Bu bir zumda tinglovchi eʼtiborini sizdan yiroqlashtiradi;

Nutqda tabassumdan ham foydalanishni unutmang. Qiziq-qiziq voqealar orqali yig‘ilganlarni uyqusirashdan, zerikishdan qutqarishingiz mumkin;

Tinglovchiar o‘rtasida ochiq suhbat va so‘rovnoma tashkil eting. Mavzu bahs-munozara bilan qiziqish uyg‘otadi;

Taqdimotning yoki nutqning foydasi haqida aytishni unutmang. Bu shuncha ketgan vaqt uchun afsuslanishning oldini oladi.
182 views07:43
Ochish/sharhlash
2022-08-25 13:59:42
#ruhiyat

Одамлар егулик ва ичимликдан кўра илмга муҳтожроқдир. Чунки кунда бир ёки икки марта овқатга эҳтиёж тушади, илмга эса ҳар нафасда эҳтиёж тушаверади.

Аҳмад ибн Ҳанбал.
201 viewsedited  10:59
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:46:57
DIQQAT

QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLING

Qayta tayyorlash kurslari bo'yicha ma'lumot.

Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tahsil olishlari mumkin bo'lgan qayta tayyorlash kurslari bilan quyidagi havola orqali tanishing

https://telegra.ph/QAYTA-TAYYORLASH-KURSLARIDA-TAHSIL-OLISHI-MUMKIN-BOLGAN-MUTAXASSISLAR-ROYXATI-08-09-2

OLIY MA'LUMOTLI MUTAXASSISLAR UCHUN

Murojaat uchun telefon: +998907390274

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring

Telegram/Facebook/Rasmiy sayt
194 views07:46
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:46:11
#kun_iqtibosi

Kishiga bilganingni o‘rgat-u, aql o‘rgatma. Boshqalarga quloq tut, biroq aytilgan gaplarning barini to‘g‘ri deb o‘ylama. Sukut saqlagan kishini bevoqif, ko‘p gapirgan kishini aqlli, deb bilma. Hammani o‘zingday ko‘r. Kim bo‘lishidan qatʼi nazar, kishini past deb topish – ahmoqlik, ko‘kka ko‘tarish – qo‘rqoqlikdir. Ongli ravishda sodir etilgan jasoratgina haqiqiy jasorat, savodsizlikdan kelgan jasorat – jaholatdir.

Jaloliddin Rumiy

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring

Telegram/Facebook/Rasmiy sayt
318 views07:46
Ochish/sharhlash
2022-08-24 21:33:39 O‘QUVCHILARNING SHAXSIY YIG’MA JILD HUJJATLARIDA ( YA’NI SHAXSIY FAYLLARIDA) QAYSI HUJJATLAR BO‘LISHI KERAK

Sinf rahbarlari bilib olishi kerak.

Oʻquvchilarning shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari oʻquvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi. Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;

oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;

ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning pasport (ID-karta) nusxalari;

tibbiy maʼlumotnoma;

baholar tabeli (10-11-sinf oʻquvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma).

Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har oʻquv yili boshida xatlovdan oʻtkaziladi.

Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jild hujjatlari oʻquvchi maktabni tamomlaganidan soʻng 3 yil muddatda maktabda saqlanadi.

Asos: Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻi
320 views18:33
Ochish/sharhlash