Get Mystery Box with random crypto!

AZIZ YURTDOSHLAR! Barchangizni Oʼzbekiston Respublikasi M | Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi/Rasmiy kanal

AZIZ YURTDOSHLAR!

Barchangizni Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Mustaqillik yillarida hayotimizning barcha jabhalarida dadil oʼzgarishlar, yangilanishlar yuz berdi, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrniga ega boʻldi. Ilm-maʼrifat va taʼlim sohasida ham katta yutuqlarni qoʻlga kiritdik.
Bugungi kunda millati jips, iqtisodiy taraqqiyot surʼatlari yuqori, xalqaro maydonda munosib hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlgan davlatimiz yangi dovonlarni koʻzlab jadallik bilan odimlab bormoqda. Koʻp millatli xalqimiz ushbu bayramni “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida koʻtarinki kayfiyatda kutib olmoqda. Sizlarga mana shunday shukuhli bayram arafasida mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, tinchlik-hotirjamlik tilaymiz. El-yurtimiz ravnaqi yoʻlida olib borayotgan faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Hurmat bilan Navoiy viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi jamoasi.