Get Mystery Box with random crypto!

#HAR_KIM_BILIM_OLISH_HUQUQIGA_EGA Alohida ta’lim ehtiyojlari | Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi/Rasmiy kanal

#HAR_KIM_BILIM_OLISH_HUQUQIGA_EGA

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar huquqini ro‘yobga chiqarish harakati nafaqat adolat masalasi, balki jamiyat taraqqiyotiga kiritilgan sarmoyadir. Demak, safimizdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni har tomonlama teng huquqliligini ta’minlash, qadr-qimmatini himoya qilish zarur.

Jamiyatimizda fuqarolar dini, e’tiqodi, sog‘lig‘i, ijtimoiy ahvoli va jinsidan qat’iy nazar teng huquqlidir. Salomatligida muammo yoki nuqson bor kishilar, asosan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan yoshlar mehr-muruvvat, e’tiborga muhtoj. Ularni muntazam ravishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham konstitutsion ham insoniylik burchimizdir.


Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram