Get Mystery Box with random crypto!

Biz juda komfort zonadamiz..! Har kuni 1 soat kitob o'qishga | Nasriddinovlive

Biz juda komfort zonadamiz..!

Har kuni 1 soat kitob o'qishga vaqt topa olmaymiz. Lekin soatlab pubg o'ynaymiz yoki soatlab ijtimoiy tarmoqlarda bemalol yuramiz.

Chet tili orqali ko'plab eshiklar ochilishi mumkinligini bilamiz, lekin o'qimaymiz. Sabablar bor masalan kurslar qimmat. Lekin internet ko'plab bepul kurslar bor hatto qidirib ham qo'ymaymiz.

Ha Biz komfort zo'naga tushib qolganmiz. Hayotimiz u qadar zo'r ham yomon ham emas, bir maromda ketyabdi ya'ni qimmat kiyimlar sotib ola olmaymiz yoki chet elga sayohatlarga chiqa olmaymiz, shu bilan birga och ham qolib ketmaymiz.

Bu komfort zonaga tushib qolishni dangasalik orqali deyman va bu dagasalik jismoniy mehnat bilan bo'g'liq emas bu aqliy dangasalik. Har kuni Har yerda bizni miyyamizni keraksiz, zararli malumotlar bilan boyitib boramiz. Bular asosan telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali yuz beradi. Bu malumotlar miyyani o'ziga jalb qila oladi va vaqt o'tishi sezilmaydi. Bu narsa miyyaga ham yoqadi va Sekin astalik bilan bu narsalarga narkotikdek o'rganib qoladi.

Qo'lingizga telefon oldizmi, birinchi bo'lib tiktok, Instagram yoki pubg ga kiradigan bo'lib qolasiz. Endi miyya kerakli narsalarni qabul qilgisi kelmay qoladi. Kitob o'qishni boshladimi uyqusi keladi. Qanaqadir kurs boshladi 1 hafta 10 kunda zerikadi. Borgisi kelmay qoladi. Biror baxona bilan shunchaki tashab ketadi.

Biz shunaqa oson hayotga o'rganib qolamiz. Kunimiz o'tsa bo'ldi. O'zgarishlarni hohlamaymiz. O'zgartishish uchun esa kuchli xohish bo'lishi kerak. Va bu xohish barcha kattami kichikmi barcha muvaffaqiyatli insonlarda bo'ladi.

Interviewlarda ko'rib qolamiz. Qasidir inson biror muvaffaqiyatga erishishdan oldin qiynalganliklari haqida, qayerdadir ofitsiant bo'lgani, arzimagan haq evaziga kimnidir qo'lida ishlagani yoki bolaligida Ota-onasi qanday qiynalib pul topib oilasini boqayotganini his qilganini va kelajakda bunday bo'lmasigini niyat qilganliklarini ko'p gapirishadi. Bu haqiqat.

O'ylab qolaman biz komfort zonadan chiqib harakat qilishimiz uchun albatta qiyinchilik ko'rishimiz, bo'sh hamyonimiz bo'lishi shartmi? Harakat qilishga motivatsiya topishimiz kerakmi? Bozorga borib sovuqda bir kun arava torib ko'ring, qurilishga borib bir kun ishlang, hech bo'lmasa bir kun mardikor bozoriga borib ko'ring yoki oilasini qiynalib boqayotgan inson bilan 1 soat gaplashing va bu narsalar butun hayotingiz davomida yuz berishi tassavur qiling.

Yoqadimi shunday hayot? Shunday yashashga rozimisiz? Yo'g'aa..! mana sizga haqiqiy motivatsiya bu hech qachon so'nmaydi. O'sha yerda ishlayotgan insonlarga ham vaqtida harakat qilish imkoniyati bo'lgan va ozgina qatiyatli bo'lganda hozir bunday holatga tushmasdi. Bu bilan ularni yomonlamoqchi emasman. Shunchaki harakat qilmasangiz siz ham shunday holatga tushishingiz mumkinligini ko'rsatmoqchiman.

P/s: Yuqoridagi yozilgan gaplarni aksariyati o'zim uchun aytigan gaplar. Men ham bu hayotda hali hech narsaga erisha olganimcha yo'q. Lekin harakat qilsa erisha olishimni bilaman.

@Nasriddinov_N