Avtomobillarni ro'yxatdan o'tkazish narxi bir necha barobarga oshdiIchki ishlar vazirining 2024-yil 31- mart kunidagi buyrug'i bilan. 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari o'zgardi.
Unga ko'ra, elektromobillarni ro'yxatdan o'tkazish narxi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida (
510 ming so'm) to‘lov belgilanmoqda.
Elektromobillardan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida (
2 325 600 so'm) to‘lov belgilanmoqda.
Eslatib o'tamiz avval bu summalar BHM 0,11% (
37 400 so'm) va BHM 1,5 barovari (
510 ming so'm) edi.
— Narxlarni boshqa davlatlar oʻrtacha oylik maosh va xizmat narxi bilan taqqoslaganda, qanchalik toʻgʻriligi haqida kichik maʼlumot:
– Oʻrtacha maoshlar:• Oʻzbekiston – $357
• Kanada – $5 251
• Germaniya – $4 114
• Angilya – $2 933
• Shvetsariya – $7 439
• AQSH – $7 104
— Avtomobil davlat roʻyxatidan oʻtkazish:• Oʻzbekiston – $183,8
• Kanada – $32
• Germaniya – $32
• Angilya – $69
• Shvetsariya – $52
• AQSH – $15 dan $312 gacha va Kolorado shtatida esa ogʻirlik hajmiga qarab.
@NarxiQancha
— Narxlar haqidagi #1 blog!