Get Mystery Box with random crypto!

Kimki biron ezgulikni o'ylab uni qilolmasa, bir yaxshilikning | @NamozVaqti_Nomozvaqti_taqvim

Kimki biron ezgulikni o'ylab uni qilolmasa, bir yaxshilikning savobi, mabodo ko'ngliga tukkan ezgulikni ro'yobga chiqarsa, o'n yaxshilikning savobi beriladi. Kimki biron shumlikni ko'zlasayu, amalga oshirmasa, yomonlik yozilmaydi, mabodo o'ylagan yomonligini qilsa, bitta yomonlikning gunohi yoziladi", dedi. Musoning yoniga kelib bo'lgan gap-so'zlarni aytdim. U yana robbingdan yengillik so'ra, deb maslahat berdi. Men: "Hadeb robbimning huzuriga boraverishdan uyalaman", dedim.
Payg'ambar alayhis-salom shu kuni kechasi Makkaga qaytdilar. Ertalab masjidga chiqqanlarida Abu Jahl ibn Hoshimga tunda yuz bergan voqealarni gapirib berdilar, Esi og'ib qolgan Abu Jahl: "Hoy Ka'b ibn Luay jamoati, buyoqqa kelinglar!" deb odamlarni chaqirdi. Tamoshatalab quraysh mushriklari yugurgilab kelishdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ularga ham Me'roj voqeasini bayon etdilar. Kofirlar hayratdan yoqa ushlab, bo'lmagan gap, deya chuvvos solishdi, ba'zilari chapak chalib yuborishdi, ba'zilari peshonasini tutamlab o'yga cho'mishdi, imoni zaifroqlari shu zahoti dindan chiqdi. Erinmagan xabarchilar bu gapni Abu Bakrga yetkazishganda: "Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam shunday degan bo'lsalar demak rost gap ekan", dedi. "Uning shu bo'lmag'ur gapiga ham ishonasanmi?" deyishdi mushriklar. "U kishining bundan g'ayritabiiy gaplariga ham so'zsiz ishonaman", dedi Abu Bakr. Shu kundan e'tiboran Abu Bakr Siddiq rostgo'y, samimiy, haqgo'y odam deb ataladi. Nochor qolgan mushriklar rasulullohni sinab ko'rmoqchi bo'lishdi: Baytulmuqaddasni ko'rganlari, bu masjidning shakli-shamoyili qandayligini so'rashdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Baytulmuqaddasni ilgari ko'rmagan edilar, lekin Ollohning yordami bilan uning qanday qurilganini, nechta eshigi borligini, hatto qanday bezaklar bilan zeb berilganini aniq aytib berdilar. "Buni-ku topding, endi bizning o'sha yoqqa ketgan karvonimiz haqida gapirib ber", deyishdi mushriklar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mushriklarning Shomga ketgan karvonida nechta tuya borligi, odamlarining ahvol-ruhiyasi haqida xabar berib, karvon falon kuni kun yorishganda shaharga kirib keladi, targ'il tuya yo'l boshlovchi bo'ladi, dedilar. Mushriklar aytilgan kuni yo'lga chiqib turishdi. Chindan ham quyosh ufqdan bosh ko'targanda uzoqdan targ'il tuya yetovidagi karvon ko'rindi, lekin bu hol ularni imonga keltirish o'rniga kofirligi va tarsoligini battar kuchaytirdi. Bu hodisani ko'z boylog'ichlik, folbinlikka yo'yishdi.
Me'rojga chiqilgan tunning ertasi Jabroil alayhis-salom kelib, rasululloqga besh vaqt namozni o'qish tartiblari hamda namoz vaqtlaridan ta'lim berdi, Ikki rakaat bomdod nomozi tong yorishganda, to'rt rakaat peshin nomozi kun og'a boshlaganda, to'rt rakaat nomozdigar narsalarning soyasi ikki barobar uzayganda, uch rakaat shom namozi kun botganda, xufton namozi qizil shafaq yo'qolgandan keyin o'qiladi. Besh vaqt namoz farz bo'lishida avval rasululloh Ibrohim alayhis-salomga o'xshab ertalab va kechqurun ikki rakaatdan ibodat qilardilar.