Get Mystery Box with random crypto!

ISRO VA ME'ROJ Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga | @NamozVaqti_Nomozvaqti_taqvim

ISRO VA ME'ROJ

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilishlaridan oldin Alloh u kishini Isro va Me'roj martabasiga erishtirdi. Rasulullohning Makkadagi Masjidi Haromdan Baytulmuqaddasga bir kechada borib kelishlari Isro deb, shu kuni kechasi osmonga chiqib, ruhiy olam bilan tanishib qaytganlari esa Me'roj deb ataladi. Ahli sunnatlar - e'tiqod va amallarida payg'ambarning sunnatiga va sahobalarning yo'liga ergashuvchilar ham to'rt choharyor - Abu Bakr, Umar, Usmon, Alini qonuniy xalifa deb e'tirof etganlar - sarvari olam Me'rojga jisman chiqib tushganlar deb hisoblashadi. Oisha roziyalloxu anhu rasulullohning Allohni ko'rganliklarini inkor etadi. U: "Kimki payg'ambar Xudo bilan ko'rishgan desa, gunohkor, bo'htonchi bo'ladi", deydi.
Isro voqeasi Qur'ondagi Isro surasiniig 1-oyatida bunday bayon etilgan: "Bandasiga o'z qudratining nishonalarini namoyon etish uchun uni bir kechada Masjidi haromdan tevarak-atrofi barokatli Masjidi Aqsoga olib borgan Alloh pokdir. U hamma narsani ko'rib, bilib turguvchi zotdir". Me'roj voqeasi "Sahihul Buxoriy" va "Sahihul Muslim" kitoblarida haqqoniy bayon etilgan. Qozi Iyoz ham o'zining "Shifo" asarida bu haqda alohida to'xtalib o'tgan. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinishicha, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Me'roj voqeasini shunday bayon etganlar: "Menga eshakdan kattaroq, xachirdan kichikroq qadami ildam bir duldul keltirildi. Uni minib Baytullohga bordim. Duldulni payg'ambarlarning ulovlari turadigan joyga bog'lab, masjidda ikki rakaat nomoz o'qib chiqdim. Jabroil menga bir idishda may bilan ikkinchi idishda sut keltirdi. Men sutni tanladim. "Tabiiy narsani topding", dedi Jabroil. Shundan keyin osmonga ko'tarildik. Jabroil osmonning ochilishini talab qildi. Shu payt: "Kimsan?" degan ovoz eshitildi. Jabroil o'zini tanitdi. "Yoningda kim bor?" deb so'radi boyagi ovoz. "Muhammad bor", dedi Jabroil. "Unga payg'ambarlik keldimi?" dedi ovoz. "Ha", dedi Jabroil. Shundan keyingina osmonning qopqalari ochildi. U yerda men Odam alayhis-salomni ko'rdim. U zoti muborak menga peshvoz chiqib, yaxshilik tiladilar. Undan keyin ikkinchi osmonga ko'tarildik. Bu yerda ham avvalgi savol-javoblar takrorlanib ko'kning darvozalari ochildi. Bu yerda Yahyo bilan Isoni uchratdim. Ular ham menga peshvoz chiqib, yaxshiliklar tilashdi. Uchinchi osmonga ham shu tahlid chiqdik va bu ma'voda jam'i go'zallikning yarmi ato etilgan Yusufni ko'rdim. U ham menga peshvoz chiqib, yaxshilik tiladi. To'rtinchi osmonda Olloh taolo Maryam surasining 58-oyatida: "Idrisni yuqori darajaga ko'tardik", deya e'tirof etgan Idris bilan yuz ko'rishdik. Beshinchi osmonda Horun bilan, oltinchi osmonda Muso bilan uchrashdim. Ular ham menga peshvoz chiqib, yaxshilik tilab qolishdi. Yettinchi osmonda Baytulma'murga suyanib o'tirgan Ibrohimni ko'rdim. Baytulma'murga har kuni etmish ming farishta kirib chiqar, bir marta tashrif buyurganlariga qaytib kelish navbati tegmas ekan. Keyin Sidratulmuntiho daraxtini ko'rgani bordik. Uning yaproqlari filning qulog'idek, mevalari qovoqdek kelar ekan. Robbimning amriga binoan bu daraxt o'zgarib, tovlanib turardi. Uning ta'rif-tavsifiga barcha maxluqlar qatori odam ham ojiz. Alloh taolo menga ba'zi ishlarni vahiy qilib, bir kecha-kunduzda ellik marta namoz o'qishni buyurdi. Men Musoning yoniga kelganimda u: "Robbing ummatingga nimalarni farz qildi?" deb so'radi. Men ellik marta namoz o'qishni buyurganini aytdim. "Izingga qaytib, robbingdan ibodatni yengillatishini o'tin, ummatingning bunga toqati yetmaydi. Sendan avval men bani Isroilni sinab ko'rganman", dedi. Men darrov izimga qaytib: "Ey robbim, ummatimga yengillik ber", deb yolbordim. U namozning besh mahalini qisqartirdi. Musoning yoniga kelib voqeani bayon etdim. U yuqoriga chiqib, yana yengillik so'rashni maslahat berdi. Shu zayil robbim bilan Musoning o'rtasida zir qatnadim. Toki parvardigorim: "Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda besh mahal namozni farz qildim. Har bir namozga o'n mahalning, besh mahalga ellik mahalning savobini beraman.