2021-02-11 16:50:46
#Quron_oyatlari
Moida surasi 6-oyat
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِۚ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُواۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُۚ مَا يُرِيدُ اللَّـهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍ وَلَـٰكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Ey iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi boʻlsalaringiz, yuzlaringizni va qoʻllaringizni chigʻanoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga masʼh tortinglar. Va oyoqlaringizni toʻpiqlari ila yuvinglar. Agar junub boʻlsalaringiz, poklaninglar. Agar bemor yoki safarda boʻlsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kelsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qoʻllaringizga masʼh tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tugʻdirishni istamas Ammo sizlarni poklashni va sizlarga oʻz neʼmatini batamom qilib berishni istaydir. Shoyadki shukr qilsangizlar.
Sharh:
(Ushbu oyatlar sinchiklab oʻqib-oʻrganilsa, Islomning poklik dini, poklik boʻlganda ham, mukammal poklik dini ekanligi yaqqol namoyon boʻladi. Avvalgi besh oyatda pok narsalarning halol qilingani, musulmonlarga pok taomlar, pokiza ayollar halol qilingani haqida soʻz borgan boʻlsa, bu oyatda badan pokligi hamda, eng muhimi, qalb pokligi haqida soʻz ketmoqda. Chunki namoz qalbni poklovchi amaldir. Hamma narsa poklikka tayanadi, poklikka qaratilgandir. Xossatan, namoz oʻqish uchun nafaqat badan, balki kiyim-bosh va joy ham pok boʻlishi zarur.)
@Namoz_vaqti1
5.7K views13:50