2022-04-24 10:24:06
Dunyoning eng suyukli insoniOta-onalar eng koʻp u zotning ismlarini oʻz farzandlariga qoʻydilar. Musulmonlar 15 asrdan buyon kunda 5 marotaba minoralardan turib, Alloh taoloning nomi bilan u zotning nomini birga zikr qilib keladilar. Muazzinlar minoralardan turib butun borligʻi bilan: “Guvohlik beramizki, Muhammad Allohning Rasulidir”, deydilar.
Shunday diyorlar borki, u yerda bir ayolning Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo S. A. V ga boʻlgan muhabbati shunchalik kuchliligidan 5 farzand koʻrsa, har bir farzandiga “Muhammad” deb ism qoʻygan. Birinchi farzandiga “Birinchi Muhammad”, “Ikkinchi Muhammad”, “Uchinchi Muhammad”, shaklida farzandlarini Habibimizning ismlari bilan nomlagan. Hozirgi kunda Hindistondagi “Nadvatul-ulamo”ning raisi Muhammad ar-Robiʼy bunga misol.
Yana shunday ota-onalar bor, farzandlariga Muhammad Yusuf, Muhammad Yahyo deb ism qoʻyadilar. Boshiga Paygʻambarimiz S. A. V, undan keyin boshqa bir paygʻambarning ismini qoʻyadilar. Dunyoda hech kim Muhammad S. A. V chalik yaxshi koʻrilmaydi.
✿•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•✿
Жаннатда ёнингизда бўлишини истаган яқинларингизга #улашинг
✿•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•✿
➥ Каналга уланинг!
https://t.me/joinchat/SOmztiZqt886iXy7
2.3K views07:24