2021-01-06 13:13:32
Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad ﷺ
Ali roziyallohu anhu dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz ﷺ yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir
qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?"
Bu savolga Ali roziyallohu anhu o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima onamiz: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar.
Ali roziyallohu anhu bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima onamizdan maslahat so'radilar. Fotima roziyallohu anho shunday dedilar: "Har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi.
Otamga quyidagicha javob bering:
Allohni aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar ﷺ ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman!
Ertasi kuni Ali roziyallohu anhu payg'ambarimiz ﷺ huzurlariga bordilar. Payg'ambarimiz ﷺ javobni so'radilar. Ali roziyallohu anhu yuqoridagi javobni aytdilar.
Shunda Rasululloh ﷺ:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...
FurqonTv
@namoz_namozvaqtlari_taqvim_islom
79 viewsسٰدُلّٰ, edited 10:13