Get Mystery Box with random crypto!

NamDU akademik litseyi qabul 2022-2023

Telegram kanalining logotibi namdual_qabul_2021 — NamDU akademik litseyi qabul 2022-2023 N
Telegram kanalining logotibi namdual_qabul_2021 — NamDU akademik litseyi qabul 2022-2023
Kanal manzili: @namdual_qabul_2021
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.23K
Kanalning ta’rifi

©NamDU akademik litseyi 2022-2023 o'quv yili uchun qabul rasmiy kanali
мурожаат учун👇
@Isordinov
👆👆👆👆👆 biz bilan bog'lanish

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-07 18:00:49
#Qabul2022

Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga 2022/2023-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
603 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:49
#Qabul2022

Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
472 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:49
#Qabul2022

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
Andijon viloyati – 183;
Buxoro viloyati – 112;
Jizzax viloyati – 81;
Qashqadaryo viloyati – 193;
Navoiy viloyati – 60;
Namangan viloyati – 165;
Samarqand viloyati – 227;
Surxondaryo viloyati – 155;
Sirdaryo viloyati – 50;
Toshkent viloyati – 177;
Farg‘ona viloyati – 221;
Xorazm viloyati – 110;
Toshkent shahri – 155.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
395 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:49 #Qabul2022

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
360 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:49 #Qabul2022

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 587 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
338 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:49 #Qabul2022

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 809 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 230 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 446 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 99 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 34 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
332 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:48 #Qabul2022

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 617 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 460 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 891 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 198 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 68 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
325 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:48 #Qabul2022

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 6 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
328 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:00:48
#Qabul2022

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
323 viewsIsordinov Nuriddin, 15:00
Ochish/sharhlash