Get Mystery Box with random crypto!

nambiolog

Telegram kanalining logotibi nambiolog — nambiolog N
Telegram kanalining logotibi nambiolog — nambiolog
Kanal manzili: @nambiolog
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.48K
Kanalning ta’rifi

Biologiya fani o`qituvchilari uchun metodik yordam kanali.
Murojaat uchun:
@Qahramon_Niyozov
Internetdagi manzil:
http://nambiolog.zn.uz/
https://mover.uz/channel/biolog/
Rasmiy bot:
https://t.me/nambiolog_bot
Muhokama:
https://t.me/nambiolog_group

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 10:46:15 Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Manba: @eduuz

@nambiolog kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
991 viewsedited  07:46
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:38:25 Супер-контракт нархини қандай ҳисоблайман?

ЖАВОБ: буни билиш учун эринмасдан ушбу постни охиригача ўқишингиз керак.

Жуда кўпчилик супер-контракт нархи қанча бўлиши ҳақида савол бермоқда.

Супер-контракт нархи қанча бўлишини исталган инсон ўзи мустақил ҳисоблаб олиши мумкин, бунинг учун етарли барча маълумотлар эълон қилинган. Фақат озгина ҳафсала керак холос.

Энг аввало бир нарсани ёдда тутинг, супер-контрактнинг энг аниқ миқдорини фақат ва фақат ўзингиз ҳужжат топширган олий таълим муассасаси орқали билишингиз мумкин.

Энди минимум миқдорлар ҳақида.

1-эслатма: супер-контракт деган тизим кундузги, сиртқи, кечки таълимда ҳам бор;

2-эслатма: имтиёз олган, лекин кира олмаган абитуриентлар учун умумий кириш балига қараб супер-контракт нархи белгиланади, имтиёзлиларнинг ўтиш балига қараб эмас.

Супер-контракт нархи кундузги таълим шаклида стипендиясиз тўлов-контракт миқдоридан ҳисобланади (сиртқи ва кечкида шундоқ ҳам стипендия йўқ). Демак, қуйида илова қилинган жадвалда кўрсатилган контракт суммасини супер-контракт баробарига кўпайтиришингиз керак.

Шунингдек, 3 та тоифадан қайси бирига тааллуқли эканлигингизни ҳам аниқлаб олишингиз керак.

1-тоифа: кириш чизиғига 4 баллгача етмай қолган абитуриентлар

Бунда қуйидаги шкала амал қилади:

1 баллгача етмаган абитуриентлар учун – базавий тўлов-контракт миқдорининг 1,5 баробари;

1,1 баллдан 2 баллгача2,0 баробари;

2,1 баллдан 3 баллгача 2,5 баробари;

3,1 баллдан 4 баллгача3,0 баробари.

Масалан, математика йўналишида 1,5 балл етмай қолди дейлик. Бундай вазиятда ўша абитуриент 2 баробар тўлайди. Жадвалга қарасак, математика йўналишида контракт нархи 6.412.610 сўм. Демак, математика йўналишига 1,5 балл етмай қолган абитуриент 12 млн 825 минг сўм супер-контракт тўлайди (2 x 6.412.610).

2-тоифа: кириш чизиғига 4 баллдан ортиқ етмай қолган ва ўзи 56,7 дан кўп балл тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-контракт учун йўналишига қараб жадвалда кўрсатилган оддий контрактнинг минимум 8, 10, 12, 15, 17 ёки 25 баробарини тўлайди.

Масалан, иқтисод йўналишига кириш бали 150 балл бўлди дейлик. Абитуриент 70 балл тўплади. Демак, унга 4 баллдан ортиқ етмай қолган, ўзи ҳам 56,7 баллдан кўпроқ тўплаган. Иқтисод йўналишига минимум супер-контракт 10 баробар этиб белгиланган. Стипендиясиз оддий контракт нархи эса 9.129.930 сўм.

Хулоса: иқтисод йўналиши учун супер-контракт миқдори минимум 91 млн 299 минг сўм (10 х 9.129.930).

БУ МУҲИМ: ўтиш балига 4 баллдан кўпроқ етмай қолган ва 56,7 баллдан кўп тўплаганларнинг ҳаммасига бир хил нарх бўлади. Яъни 5 балл етмаган ҳам, 50 балл етмаган ҳам бир хил тўлайди. Ўшанчун менга 10 балл етмади, менга 30 балл етмади, қанча бўлади, деб сўрашдан фойда йўқ.

3-тоифа: 56,7 баллдан кам тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-мупер контрактда ўқиши мумкин, фақат камида 2-тоифадагилар тўлайдиган сумманинг 2 баробарини тўлашади. Масалан, абитуриент иқтисод йўналишига топшириб, 40 балл тўплаган, яъни 56,7 баллдан кам. Демак, у камида 182 млн 598 минг сўм тўлаши керак (2 х 91.299.300).

Айримлар сўрамоқда. Масалан, абитуриент 54 балл олди. Кириш бали эса 57 балл бўлди. Шунда 3 балл етмаган бўлса, супер контракни камроқ тўлайдими? Йўқ ва асло йўқ! 56,7 баллдан кам тўпландими, тамом, бунақада икки карра кўпроқ супер-контракт тўланади. Кириш балига қанча етмагани аҳамиятсиз.

Хуллас, Сиз тўплаган балингиз асосида камида тахминан қанча супер-контракт тўлашингизни бемалол ўзингиз ҳисоблаб кўришингиз мумкин.

Сўзим сўнггида яна қайтараман, аниқ суммани фақат ОТМ орқали била оласиз.


Manba: @xushnudbek

@nambiolog kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
1.4K viewsedited  05:38
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:09:48 Super kontrakt narxlari ta'lim yo'nalishlari kesimida

Kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Super-kontrakt minimal miqdorini hisoblashda stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllanadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abiturientlarga super-kontrakt minimal miqdoriga 10 foizli chegirma beriladi.


@nambiolog kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
1.1K viewsedited  05:09
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:04:16
Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun koʻrsatgan gʻamxoʻrligi, xalqchil siyosati natijasida 2022/2023 oʻquv yili uchun barcha yoʻnalishlar boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan boʻldi.

2022/2023 oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 oʻquv yili tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻtgan oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda oʻzgarishsiz qoladi.

@nambiolog kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
970 viewsedited  05:04
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:34:13 Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti.

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.

Xotin qizlar uchun ajratilgan 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti hamda sohalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@nambiolog kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
1.3K viewsedited  06:34
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:28:53 5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

@nambiolog kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
1.9K viewsedited  06:28
Ochish/sharhlash
2022-08-28 03:04:20 Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@nambiolog kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
1.4K viewsedited  00:04
Ochish/sharhlash
2022-08-24 20:58:11
#Ogohlik

Telegram ijtimoiy tarmog'ida yangi turdagi xavfli firibgarlik.

Ehtiyot chorasini ko'rishingizni va kelib chiqishi noma'lum dastur yoki ilovalarni qurilmangizga o'rnatmaslikni tavsiya etamiz.

Shuningdek, kelib chiqishi noma'lum sayt, kanal va guruhlar havolalariga o'tmaslikni tavsiya etamiz.

Bu tavsiyalar "yutuqli" yoki "balans to'ldirildi" mazmunidagi SMS larga ham tegishli.

@nambiolog kanaliga a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
2.2K viewsedited  17:58
Ochish/sharhlash
2022-08-18 12:24:13 E'lon!

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar Imtihonlari natijalarini quyidagi  botlar orqali aniqlashingiz mumkin:

@piima_natijabot
@piima_natija2bot
@piima_natija3bot
@piima_natija4bot

@nambiolog kanaliga quyidagi havola orqali a'zo bo`ling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew
2.5K viewsedited  09:24
Ochish/sharhlash
2022-08-10 15:36:50
Test № 10. Yuqoridagi holatda tirik organizmlarning jinssiz koʻpayishi tasvirlangan boʻlib undagi x va y larni toʻgʻri joylashtiring.
Anonymous Quiz
16%
x - konyugatsiya, y - vegetativ
20%
x - boʻlinib koʻpayish, y - partonogenez
17%
x - ikkiga boʻlinish, y – tashqi urugʻlanish
47%
x - shizogoniya, y - boʻlinib koʻpayish
358 voters2.9K views12:36
Ochish/sharhlash