Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekistonda ilk bor IT ta'lim markazi baholash mezonidan o't | Najot Ta'lim

O'zbekistonda ilk bor IT ta'lim markazi baholash mezonidan o'tkazildi — «Najot Ta'lim» ilk sertifikatni qo'lga kiritdi

IT ta'lim uyushmasi «Najot Ta'lim» markaziga yagona reytinglash tizimiga muvaffaqiyatli kiritilgani munosabati bilan ilk sertifikatni taqdim etdi. Bundan tashqari, "Coursera Plus"ning 10,000 dan ortiq kurslariga 6 oy davomida foydalanish uchun 10 ta vaucher bilan mukofotladi.

IT ta'lim uyushmasi IT bo'yicha xususiy o'quv markazlarning boshqaruvi, o‘quvchilar xavfsiziligi, ta'lim sifati va o‘quv markazlarda jihozlanish kabi talablar bo'yicha o'rganib chiqadi.

Reytinglash natijalariga ko’ra «Najot Ta’lim» quyidagi ko’rsatkichlarda yuqori natija qayd etdi va ilk sertifikatni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi:

IT kurslarining tashqi va ichki bozor talablari asosida tashkil etilgani;
Bitiruvchilarning o‘qishdan keyingi karyera faoliyati tashkil etilgani;
Xalqaro tajriba asosidagi darsliklardan foydalangan holda darslar olib borilishi.

«Najot Ta'lim»
jamoasi nomidan IT ta'lim uyushmasiga ta'limni rivojlantirish yo'lida ilk bor baholash mezonini yo'lga qo'ygani munosabati bilan minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bundan keyin doimiy tarzda loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishda birgaligimizni ma'lum qilamiz!

@najottalim