Get Mystery Box with random crypto!

«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 3,5 | Najot Ta'lim

«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 3,5 mlrd so'mli grant e'lon qiladi!

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini yo'lga qo'ygan.

Ramazon oyida boshlanib, kelasi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu ta'lim granti orqali 130 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash yoki grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan. Bunda 100 ta Toshkent filiali va 30 ta Farg'ona filiali uchun grantlar ajratilgan.

«Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» hamda «Cambridge LC» jamoalari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

«Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 26-martdan 5-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

78-888-9-888