Get Mystery Box with random crypto!

«Najot Ta'lim»da ayol-qizlar uchun maxsus master-klass A | Najot Ta'lim

«Najot Ta'lim»da ayol-qizlar uchun maxsus master-klass

AyTining turli yo'nalishlari bo'yicha ayol-qizlar davrasida, ayol mutaxassislardan qimmatli ma'lumotlarni olishni istaysizmi?

4-noyabr — shanba kuni soat 14:30 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor filialida bo'lib o'tuvchi katta master-klass sizga ana shunday imkoniyatni taqdim etadi.

Suhbat davomida AyTi sohasi sizga qanchalik mos kelishi, veb-dasturlash, mobil dasturlash va UX/UI dizayn yo'nalishlari haqida ma'lumot hamda CV qanday to'ldirilishi kerakligi haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Ro'yxatdan o'tish

Master-klassda AyTi sohasiga qiziqishi bor bo'lgan barcha ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin!