Get Mystery Box with random crypto!

«Najot Ta'lim»da sovrin jamg'armasi 16.000.000 so'mli Hackatho | Najot Ta'lim

«Najot Ta'lim»da sovrin jamg'armasi 16.000.000 so'mli Hackathon

Markazimizda dasturlashning barcha yo’nalishlarini qamrab oluvchi, 3 haftalik Hackathon’ga start berilganini e’lon qilamiz!

Musobaqa shartlariga ko'ra, har bir jamoa 5 nafargacha ishtirokchidan tarkib topishi mumkin. Jamoangizda frontend, backend va mobile dasturlash hamda UX/UI dizayndan xabardor ishtirokchilar bo'lishi tavsiya etiladi.

Hackathon 3 hafta davom etib, har bir hafta uchun yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha alohida vazifalar beriladi.

Musobaqada 1- va 2-o'rinni egallagan jamoalarga umumiy $500 pul mukofoti taqdim etiladi. Shuningdek, maxsus sertifikat, EduOn platformasidan 10 mln so'mli ta'lim grantlari ham topshiriladi.

$300 pul mukofoti va 5 mln so'mli EduOn granti;
$200 pul mukofoti va 3 mln so'mli EduOn granti;
2 mln so'mli EduOn granti;

Qachon: 29-oktyabr, yakshanba, soat 09:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor va Farg'ona filialida

Ro'yxatdan o'tish

P. S. Hackathon uchun ushbu Telegram guruhi orqali jamoa to'plashingiz mumkin!