Get Mystery Box with random crypto!

​​'Logo marafon' musobaqasi Najot Ta'lim markazida yangicha t | Najot Ta'lim

​​"Logo marafon" musobaqasi

Najot Ta'lim markazida yangicha talqinda tashkil etilgan "logo marafon" musobaqasi esingizda bo'lsa kerak. Marafonda qatnasha olmaganlar uchun video yozib olingan edi. Bugun esa, ushbu video YouTube sahifamizda premyera qilinadi.

Aytgancha, musobaqada qatnashgan 5 ta jamoaga "Registon" o'quv markazi uchun logo brending, ya'ni rebrending qilish vazifasi yuklatilgan edi. Roppa-rosa 1 hafta tayyorgarlikdan so'ng guruhlar taqdimot qilgan ishlarida "Tab group" jamoasi g'olib deb topilgan edi.

Ushbu logo marafonni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan va yakunda o'z xolis baholarini berib, g'olibni jamoani aniqlashdagi hissalari uchun grafik dizayn kursi ustozlariga chin dildan minnatdorlik izhor qilib qolamiz!

Musobaqa atmosferasidan bahramand bo'lishni istasangiz, bugun, 5-dekabr, soat 20:00 da premyerani o'tkazib yubormang!

Premyerani ko'rish:



Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa