Get Mystery Box with random crypto!

​​Najot Taʼlim markazi navbatdagi grant dasturini eʼlon qiladi | Najot Ta'lim

​​Najot Taʼlim markazi navbatdagi grant dasturini eʼlon qiladi!

Najot Ta'lim markazi moushn grafika, animatsiya, multfilm sohasini rivojlantirish maqsadida grant ajratishini ma'lum qiladi.

Najot Taʼlim
iqtidorini namoyon eta olgan 20 nafar grant sohibini o‘z hisobidan multfilm sohasi bo'yicha o‘qitadi. O‘qish davomiyligi 8 oy chuqurlashtirilgan tartibda bo‘lib o'tadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, nafaqat bilimga chanqoq, iste'dodli yoshlarni yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash, balki o‘zbek animatsiyasi rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shishdir.

Grantda ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, 16-28 yosh oraligʻidagi barcha qatnashish imkoniyatiga ega.

Grant mavzusidan kelib chiqib, qatnashuvchilar o'zbek mentalitetiga xos bo'lgan biron multfilm ssenariysini yozishlari kerak bo'ladi. Ssenariyni yozishda yozilayotgan multfilmning mavzusi, maqsadi, uning jamiyatga qanchalik darajada foyda keltirishi, undagi qahramonlar qay tartibda bo'lishi aniq yoritilishi kerak. (Siz yozgan multfilm ssenariysi avval yozilgan bo'lishi yoki televediniya yuzini ko'rgan bo'lishi mumkin emas, aks holda ushbu xatingiz haqiqiy deb tan olinmaydi. Shunday ekan, o'z fantaziyangizdan kelib chiqib yozishingiz so'raladi).

Maqsad, talabgorning qanchalik darajada kreativligi, fikrlash qamrovi, multfilm sohasiga qanchalik darajada o'zini bag'ishlay olishi kabi xislatlarni tekshirib olishdir. Nomzodlar ushbu yozilgan ssenariy xati asosida suhbatga chaqiriladi.

Sizda ham bu sohaga qiziqish bo‘lsa, bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang. O‘zbekistonda hali uncha rivojlanmagan animatsiya sohasining kamyob va professional mutaxassislaridan biriga aylaning!

Eslatma: grant uchun ro'yxatdan o'tish 2021-yilning 20-fevral sanasigacha davom etadi. Shunday ekan, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Buning uchun quyidagi havola orqаli ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
http://bit.ly/3aqc9II

Demak, ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

Najot Ta'lim haqida batafsil