Get Mystery Box with random crypto!

​​BAHORGI BOGʻ Bogʻ emas bu – oppoq jamoat, Gul emas bu – nur | Nodir Jonuzoq | she’r va shuur

​​BAHORGI BOGʻ

Bogʻ emas bu – oppoq jamoat,
Gul emas bu – nurli libosdir.
Bunday toza, samoviy holat
Farishtalar qavmiga xosdir.

Iforlari biram  anvoyi, 
Tevarakka mushkday sochilar.
Anglab yetdim!
Qutlugʻ haj oyi
Ular – yurtga qaytgan hojilar!..

2010

--------------------------

​​БАҲОРГИ БОҒ

Боғ эмас бу – оппоқ жамоат,
Гул эмас бу – нурли либосдир.
Бундай тоза, самовий ҳолат
Фаришталар қавмига хосдир.

Ифорлари бирам  анвойи, 
Теваракка мушкдай сочилар.
Англаб етдим!
Қутлуғ ҳаж ойи
Улар – юртга қайтган ҳожилар!..

2010

@n_jonuzoq