Get Mystery Box with random crypto!

​​#Jarayon 'CHANGI HAM TABARRUK...” Qozogʻistonlik taniqli t | Nodir Jonuzoq | she’r va shuur

​​#Jarayon

"CHANGI HAM TABARRUK...”

Qozogʻistonlik taniqli turkolog olim Qulbek Ergobek Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mehmon boʻldi. Uyushma binosi va “Adiblar xiyoboni” bilan tanisharkan, u  hayratini yashirmadi. Oʻz navbatida ikki holatda men ham mutaassir boʻldim. Birinchisi – uyushma ichida atoqli yozuvchimiz Odil Yoqubovning suratiga koʻzi tushgan Qulbek ogʻa bir zum toʻxtab qoldi va keyin chuqur egilib taʼzim qildi. “Odil Yoqubov turkiylarning, xususan, oʻzbek va qozoq xalqlarining doʻstligi yoʻlida koʻp xayrli ishlarni amalga oshirgan” dedi u. Ikkinchisi – Alisher Navoiy haykali poyida suratga tushmoqchi boʻlgan mehmon ust kiyimini yechib, zina chetiga qoʻyayotgan dam “Menga bering, yerda chang boʻladi” deganimda “Qoʻyaver, bu zaminning changi ham  tabarruk!” dedi samimiy. Taʼsirlandim... Qulbek ogʻaga hamroh boʻlib kelgan qozogʻistonlik taniqli oʻzbek adibi Abdurahim Pratov va mezbonlik rusumini bajo keltirishda koʻmak bergan taniqli adabiyotshunosimiz Qozoqboy Yoʻldoshev davrasida kechgan gurungimizda koʻngillarimizning bir, oʻy-xayollarimizning mushtarak ekani yaqqol namoyon boʻldi...

@n_jonuzoq