Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ Bilasizmi? Chegirmaga haqli shaxslar bor! Hamma ha | my.gov.uz

​​​​ Bilasizmi?

Chegirmaga haqli shaxslar bor!


Hamma ham Yagona portal (my.gov.uz)dan foydalanishda kimlar uchun chegirmalar borligini bilishmasa kerak.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).

Davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda YaIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

@MyGovUz