Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat Qalbaki hujjatlar Shu kunlarda my.gov.uz portalida | my.gov.uz

Diqqat Qalbaki hujjatlar

Shu kunlarda my.gov.uz portalidagi xizmatlar soni 600 ga yaqinlashib qoldi. Bilamizki, ushbu xizmatlardan foydalanishda fuqarolarimizga turli natijalar, yaʼni hujjat va maʼlumotlar taqdim etiladi. Masalan, kadastr pasporti, oʻz-oʻzini band qilganlikni tasdiqlovchi bildirishnoma, har xil ruxsatnoma va boshqalar.

Afsuski, kundan kunga bu kabi hujjatlarni qalbakilashtirish, soxtalashtirish holatlari tez-tez uchrab turibdi.

Mana shunday firiblarga barham berish, yaʼni asl hujjatni qalbakisidan osongina ajratib olish uchun my.gov.uz mobil ilovasida QR-kodni skanerlash funksiyasi mavjud.

Bu qanday amalga oshirilishi bilan quyidagi videoqoʻllanmada tanishing:





My.gov.uz bilan bogʻlanmagan boshqa saytlarga yoʻnaltirish holatlari ham hujjatning haqiqiy emasligidan dalolat beradi.

Shu oʻrinda barcha masʼul davlat organlari xodimlariga fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni shu tarzda tekshirishlarini tavsiya qilamiz.

Hujjatlarimizni soxtalashtirishga yoʻl qoʻymaylik!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot