Matematika, rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
2024-yil
28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan
matematika,
rus tili va adabiyot fanlaridan
milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar
qachon,
qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan
belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida
07:30 dan boshlab
(test sinovi 09:00 da) kiritiladi.
Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram Bot