Get Mystery Box with random crypto!

Pedagogmisiz? 20 foiz ustamaga nima deysiz? Yoki abituriyent | my.gov.uz

Pedagogmisiz? 20 foiz ustamaga nima deysiz?

Yoki abituriyentmisiz? Unda davlat imtihonlarida qo‘shimcha imtiyoz ballingiz bo‘lishini istaysizmi?

Ushbu imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslik uchun my.gov.uz portalida ishga tushirilgan barcha fanlardan bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish xizmatidan foydalaning.

Aslida xizmat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to’lov undiriladi. Lekin Siz arizangizni my.gov.uz orqali topshirsangiz, 10 foiz arzonga tushasiz.

Bu turdagi sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi. Unga ega bo‘lgan pedagoglar ish haqiga qo‘shimcha tarzda 20 foiz ustama olishadi.

Agar abituriyentlar test natijalarida 65-70 dan yuqori ball to‘plab, A+, A darajali sertifikatlarni qo‘lga kiritishsa, oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga qabul jarayonida shu fandan maksimal ballga ega bo‘lishadi.

https://youtube.com/shorts/EQJgJ6LZ_hI?feature=share

my.gov.uz – siz kutgan imkoniyatlar olami!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot