Get Mystery Box with random crypto!

O'quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi b | my.gov.uz

O'quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi

Talabgorlar 10-aprelga qadar “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;

zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

2 yilga mo'ljallangan biznes reja;
mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;
pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

Foydalanish tartibi bilan videoyo'riqnomada tanishing:





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot