Get Mystery Box with random crypto!

My "Hidoyat"

Telegram kanalining logotibi my_hidoyat — My "Hidoyat" M
Telegram kanalining logotibi my_hidoyat — My "Hidoyat"
Kanal manzili: @my_hidoyat
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 26
Kanalning ta’rifi

Personal_blog 🦋 🦋 🦋
Channel is created for learning something from life and sharing them with others.
Shaxsiy_blog
Kanal hayotdan nimadir o'rganish va o'rganganlarimni boshqalar bilan ulashish maqsadida ochildi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-29 07:38:07 Hozir uzr qolmagan degan gapni eshitganmisiz?

Koʻpchilik tajvid kurslari yoʻqligidan, shu sabab Qurʼon oʻrgana olmayotganidan yozgʻiradi. Bu borada mutlaq cheklov bor deb oʻylaydi. Aslida esa...

Ustozlarning boshi omon boʻlsin, internet sarhadlarini darslar bilan toʻldirib tashlashgan. Xususan, rahmatlik Shayx Muhammad Sodiq hazratlari asos solgan Islom.uz va Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga tegishli Muslim.uz sahifalari bu borada juda ilgʻor. Alloh taolo bu ishga bosh-qosh boʻlib turgan jonkuyarlarimizdan Oʻzi rozi boʻlsin. Oʻz shaxsiy manfaatlarini chetga surib, xalq maʼrifati yoʻlida qilayotgan mehnatlari uchun mislsiz ajr-savoblar bilan siylasin. Bizga ham ularniki kabi himmat bersin. Omiyn.

Quyida Qurʼon ixlosmandlari uchun foydali bir nechta internet havolani ulashmoqchiman. Darslarning bari Oʻzbekiston hududida ruxsat etilgan manbalarda joylashgan. Imkon boʻlsa, baʼzi takror joylarini mulohaza qilmay, barcha darslarni ushbu tartibda tugatib chiqilsa, ancha ilm hosil boʻladi, inshaalloh. Videodarslarni koʻrishdan avval oʻzingizga yaqin kitob doʻkonidan 1 ta "Muallimi Soniy" kitobini sotib olsangiz, kifoya qiladi. Videodarsga oʻtish uchun koʻk rangdagi havola soʻzining ustiga bosish lozim.

1. "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidi imom-noibi Hasanxon qori Yahyo Abdulmajid bilan "Qurʼon tartili". Bu darslikda qoidalar suratlar bilan batafsil tushuntirilgan va har darsning oxirida mashqlar ham berib boriladi; 24 ta dars:
- Yutubda havola.
- Telegramda havola.

2. "Imom Buxoriy" nomidagi Toshkent Islom Instituti mudarrisi Jahongir qori Neʼmatov bilan "Tajvid fani"; Yuqoridagi Hasanxon qori domlaning tartil darslariga o'xshash jihatlari bor, ammo ustozlar ilmining barakasidan to'liq bahramand bo'laman degan inson erinmay bu darslarni ham ko'rib chiqsa, bilimi ancha pishiq bo'ladi; 31 ta dars:
- Yutubda havola.
- Telegramdagi birinchi dars uchun havola. Davomini telegram kanalda #Тажвид_фани heshtegi orqali topasiz.

3. Shayx Yahyo G'avsoniyning Foziljon Abdulqayyum tomonidan tarjima qilingan "Osonlashtirilgan tajvid qoidalari" kitobining audio shakli. Qoidalar savol-javob shaklida bayon qilingan. Yuqoridagi darslar ado qilingach, tajvid bo'yicha qoidalarni mustahkamlab olish va o'zini sinab ko'rish uchun yaxshi manba. Kitobni Hilol Ebook mobil ilovasidan bepul yuklab olish mumkin:
- Audiofayllar havola.
- Hilol Ebook ilovasi iOS uchun havola.
- Hilol Ebook ilovasi Android uchun havola.

4. Al-Azhar bitiruvchisi, 10 ta qiroat bo'yicha ijoza sohibi, Misr diyorida yuzlab shogird chiqargan Alijon qori Fayzulloh oʻgʻli bilan "Muallimi Soniy". Bu darslar tushuntirish emas, balki anʼanaviy namuna uslubida oʻtiladi. Qoidalarni yaxshi o'zlashtirib olgach, "Muallimi Soniy" kitobini anʼanaviy uslubda ustozning og'zidan eshitib takrorlash uchun muhim manba. Darslarni nafaqat Yutub, balki Shayx Alijon qori domlaga tegishli Alquran mobil ilovasi hamda Telegram kanali orqali ham tinglasa boʻladi; 72 ta dars.
- Yutubda havola.
- Alquran ilovasi Android uchun havola.
- Telegramdagi birinchi dars uchun havola. Davomini telegram kanalda #Videodarslik heshtegi orqali topasiz.

5. "Imom Buxoriy" nomidagi Toshkent Islom Instituti mudarrisi Jahongir qori Neʼmatov bilan "Tajvid fani (suralar)". Asosiy tajvid darslari tugagach, Jahongir qori domladan Qurʼon suralarini toʻgʻri oʻqish boʻyicha darslik; 25 ta dars:
- Yutubda havola.

Shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qurʼon oʻrganishga boʻlgan talabni bir qadar boʻlsa-da qondirish maqsadida haftaning har payshanba kuni jonli efirda amaliy mashgʻulot olib boryapti. Yuqoridagi darslarni tugatgach, siz ham jonli efir paytida qoʻngʻiroq qilib qiroatingizni tekshirtirib olishingiz mumkin. Oxirgi dars uchun havola.

"Ohho, shunchami?" Ha, bir qarashda juda uzoq yoʻldek koʻrinadi. Lekin ilm yoʻli mashaqqatdir. Mashaqqat chekkan zotlarga esa Allohning roziligi va jannati bor. Interneti bor, megabayti bor telefondan kirib, bu postni oxirigacha oʻqigan boʻlsangiz, menimcha, endi sizga ham uzr qolmadi! Alloh taolo oladigan ilmlaringizga xayr-baraka bersin.

@javharuz
34 viewsMuhlisa, 04:38
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:23:40 Oʻzbek tilida • Muhabbat bu.. • Samimiy muhabbat • Nega tahajjud oʻqish kerak? • Tavsiya kitoblar / bu yerda ham • Muslimaning oʻziga muhabbati • “Umidlarni oqlash” • “Diniy yohud Islomiy tarbiya” gaydi • Retsept • Kuchli insonlarni oʻqing! • Prokrastinatsiya…
38 viewsMuhlisa, edited  13:23
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:21:28 Oʻzbek tilida

• Muhabbat bu..
• Samimiy muhabbat
• Nega tahajjud oʻqish kerak?
• Tavsiya kitoblar / bu yerda ham
• Muslimaning oʻziga muhabbati
• “Umidlarni oqlash”
• “Diniy yohud Islomiy tarbiya” gaydi
• Retsept
• Kuchli insonlarni oʻqing!
• Prokrastinatsiya
• Men liderman
• Sport boʻyicha tavsiyalar
• Pul muhimmi?
• EIning ahamiyati
• Loyihalarimning narxi haqida
• Namozga muhabbat
• Dinimiz juda buyuk
• Talab SIZNIKI boʻlsin
• Savol-javoblar

На русском

• Ваши усердия не останутся без Его внимания!
• Огромнейший ход к новой Я.
• Бессмыслица
• Океаны
• Простые принципы
• Об оправдании ожиданий
• Любая деятельность человека – борьба
• Включай критическое мышление
• Я – лидер
• Выбор
• Флаг Ислама

Podkastlar

• Ota-ona rivojining farzandga ta’siri
• “Feminizm” haqida
• Farzandga manipulyatsiya
• Insayt No.16784
• “Har bir kishining oʻz doʻzahi bor”
• Tahlil
• Oʻgʻil bolaning yigʻlashi
• Мои феноменальные инсайты
• Oʻzbek tilida
• Samolyotdagi sarguzasht
• Meditatsiya haqida
• Diniy ilmmi yohud dunyoviy?
• “SK talks”dagi intervyu
• “Anvarov’s blog”dagi intervyu
• Stress. Bosim. Natija
• Podkast: Emotsiyalarni yashab oʻtishning ahamiyati
• Tillarni oʻrganishda aksentning muhimligi
• Prokrastinatsiya
31 viewsMuhlisa, 13:21
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:09:04 Ислом қалбда бўлади, дейишинг худди имтиҳонда синов қоғозини оппоқ ҳолда топшириб, илм бошда бўлади, дейишингга ўхшайди.

Доктор Ториқ Рамазон
26 viewsMuhlisa, 13:09
Ochish/sharhlash
2022-09-27 12:10:20 Ilmga navbatda turmadik!

Osh desa, yig‘ildik malaxdek,
Yuzimiz kitobga burmadik.
Nafs uchun urishdik, talashdik,
Ilmga navbatda turmadik!

Bugun-chi millatning ongi past,
Jaholat mayidan yurar mast,
O‘ziga dushman ham qasdma-qasd,
Ilmga navbatda turmadik!

Tillolar sarfladik kayf uchun,
Shaytonning peshobi hayf uchun,
Chaqaga og‘rindik harf uchun,
Ilmga navbatda turmadik!

Avlodlar bo‘lishdi mardikor,
Xorijda darbadar, itdan xor,
Ey millat, holingdan qilgin or,
Ilmga navbatda turmadik!

Har yerda poraxo‘r, o‘g‘rilar,
Kulgiga olinar to‘g‘rilar,
Bilmam, kim xatomiz to‘g‘rilar,
Ilmga navbatda turmadik!

Ko‘zimiz aldagan yolg‘onlar,
Internet, oynayi jahonlar,
Uyg‘oning, birodar, yoronlar,
Ilmga navbatda turmadik!

E’zozda fohisha, raqqoslar,
Ongi past otarchi, paqqoslar,
Bunda xor olimlar, vaqqoslar,
Ilmga navbatda turmadik!

Xalq bugun ishqiboz nodonga,
Orqasin shishirgan shaytonga,
E’tibor qaratmas urfonga,
Ilmga navbatda turmadik!

Xayolda og‘rinmay boy bo‘lsa,
Ostida eng so‘nggi toy bo‘lsa,
Yegani har kuni moy bo‘lsa,
Ilmga navbatda turmadik!

Amaldor ketini yalasa,
Amallab xalqini talasa,
Dunyo deb qalbida talvasa,
Ilmga navbatda turmadik!

Bu millat mudraydi g‘aflatda,
Farzandi gazlarda navbatda,
Ilmsiz o‘lamiz, albatta,
Ilmga navbatda turmadik!

Ilmsiz qarammiz, quldirmiz,
Tiriklay yonamiz, kuldirmiz,
Qadri yo‘q, bir chaqa puldirmiz,
Ilmga navbatda turmadik!

@My_hidoyat
148 viewsMuhlisa, 09:10
Ochish/sharhlash
2022-09-26 20:56:14
Degan ekan bir g‘ariba

Olindi:)

@My_hidoyat
33 viewsMuhlisa, 17:56
Ochish/sharhlash
2022-09-26 20:12:58
Ilm o‘z sohibi bilan qiyomatga qadar boradi. (Yusuf Tavasliy)

Qadrligim O‘zi ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin.

@My_hidoyat
28 viewsMuhlisa, 17:12
Ochish/sharhlash
2022-09-25 22:58:50 Biz ozodlikdagi ijtimoiy tarmoq mahbuzlarimiz!

Alfinuriy

@My_hidoyat
32 viewsMuhlisa, 19:58
Ochish/sharhlash
2022-09-25 22:38:07 Ichimda bir otash yongan holda aytamanki, ro‘molli ayollar ham yuzini berkitib, ko‘zlarining maftunkorligini ko‘z-ko‘z qilgan holdagi rasmlarini millionlab erkaklar ko‘radigan maydonda namoyish qiladilar...

Bir erkakning telifonida boshqa bir erkakka mahram bo‘lgan ayolning rasmi bo‘lsa! Qiyomat ko‘pishi uchun Dajjolni kutyapmizmi? Balki aytishingiz mumkin: Nima endi, boshqalar rasmimizni saqlab oladi deb ularni joylamaylikmi? Albatta!
O'g'rilar ko‘rmasin deb qulflaganingizdek o‘z mahramingizni ham yashiring. Bu mening gapim emas...

Tasatturni amr qilgan Robbimiz shunday buyurgan edi: "Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va mo‘minlarning ayollariga ayt: jilboblarini o‘zlariga yaqin qilsinlar. Ana o‘sha tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh mag'firatlidir, rahmlidir." ("Ahzob" surasi, 59-oyat).

Murat Tosun, "Olim yetishtirgan onalar" kitobidan.
45 viewsMuhlisa, edited  19:38
Ochish/sharhlash
2022-09-24 23:14:02 Ko'pchilikning fikricha irodasiz kishilarga dunyo tez tor ko'rinar ekan. Ya'ni iroda kuchi past odamlar g'amga chiday olmaganligidan shu ahvolga kelarmush. Lekin mening o'ylashimcha bu yerda kattaroq omillar bor: iymon va ishonch!

Kitobda aytilganiday ko‘k bilan aloqasi bor inson, umuman shu ko‘kni yaratguvchi kuchga ega bo‘lgan Robbimizning borligiga to‘la qonli ishongan va unga iymon keltirgan kishi boshiga tushgan bir hodisadan "nega" deb nolishi mumkinmi?

Nasibiga shu g‘amni ham xis etish ne'matini yozga u Zotdan bunday deb so‘rashga bir musulmonning iymoni yo‘l qo‘yadimi?

Ha, agar u sust bo‘lsa!

P / S. G‘amga botish faqatgina irodasizlikdan emas, avvalo iymonsizlikdan.

@My_hidoyat
32 viewsMuhlisa, edited  20:14
Ochish/sharhlash