Get Mystery Box with random crypto!

Muzokara sanʼati | Blog

Telegram kanalining logotibi muzokara_sanati — Muzokara sanʼati | Blog M
Telegram kanalining logotibi muzokara_sanati — Muzokara sanʼati | Blog
Kanal manzili: @muzokara_sanati
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Sayoz bilimlarimiz va sayoz fikrlarimiz haqidagi
Shunchaki shaxsiy blog
@ergashevxumoyun

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-30 14:29:20 Vaqtni tartibga solish va vaqtdagi baraka omili
Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Manba: Kitob nuri
@muzokara_sanati
6 viewsedited  11:29
Ochish/sharhlash
2022-12-28 13:36:01 Samaradorlikning oltin kaliti

Biror narsani oʻrganishda, biror ishni bajarishda, boshlashdan oldin uning metodlarini, texnikasini, strategiyasini oʻrganish samaradorlikning oltin kalitidir.

Oʻzimizga beradigan savolimiz: mana shu vazifani mendan oldin muvaffaqiyatli bajargan insonning tajribasidan qanday qilib foydalanishim mumkin?

Hozirgi kunda biror insonning tajribasini oʻrganish uchun oʻsha insonning tarmoqlardagi videolarini yoki sahifalarini koʻrish yetarli. Undayam topilmasa muloyimlik bilan savol yoʻllab javobini kutish lozim.

@muzokara_sanati
7 views10:36
Ochish/sharhlash
2022-12-26 22:48:01 Kelajak kasbi

Hamma joyda "kelajak kasblari" haqida jar solinyapti. Bunga qiziqib, qobiliyati yoʻq odamlar, hatto maʼlum bir sohada oʻqib turgan talabalar ham oʻzini shu sohalarga uryapti.

Bu qanchalik toʻgʻri?

Avvalo shuni bilib ol: har kimning oʻz yuzlanadigan tomoni bor. Har kim bir sohada qobiliyatli qilib yaratilgan. Sening nimaga qobiliyating bor va qaysi sohada oʻzingni koʻra olasan?

Oʻsha soha, sening sohang va sen uni mukammal qilishga harakat qil. Kelajak kasbi degani, hamma uni oʻrganishi kerak degani emas.

Misol uchun, Imom Buxoriy yoshligida fiqh ilmini oʻrganib, faqih boʻlishni xohlagan. Ammo ustozlari uning qobiliyatini hisobga olib hadis ilmini oʻrganishni tavsiya qilgan.

Yoki Imom Molik, yoshligida qoʻshiqchi boʻlishni orzu qilgan. Ammo onasi uning aql-zakovatini juda yaxshi bilgan va uni ilm sari burgan.

Xullas, shunaqa gaaap.

@muzokara_sanati
9 views19:48
Ochish/sharhlash
2022-12-26 14:51:45 Тез-тез эътибор берганим, аксар ёш укаларимизда, айниқса 3-4 курс талабаларида келажакка нисбатан хавотир бор. Бугун яна бир марта бунга дуч келдик. Шароити оғирроқ укаларимиз қачон уйланаман, қачон уй оламан, қачон машина оламан, ўзи умуман олиб биламанми деган хавотирда юришади.

Ўзим ҳам бир вақтлар шунақа бўлганман. Отадан етим ўсганман учун бу нарсалар имконсиздек туюлган. Лекин, ёш 25дан ўтганда бирма-бир имкониятлар очилди. Баъзида зўриқиб, базида осонлик билан машинадан бошқа ҳаммасига эришдим. Машина олмаслик шахсий қарор эканлигини олдин ёзгандим.

Атрофга эътибор берсам, меҳнат қилган, изланган бирор танишимиз уйсиз, машинасиз қолмабди. Аксари бу нарсаларга 35 ёшга етмасдан эришмоқда.

Нима демоқчиман, кўпроқ ўзингиз устингизда ишлаб, кўпроқ меҳнат қилинг. Қолган ҳаммаси бўлади, сиз кутгандан тезроқ ва аълороқ бўлади.
7 views11:51
Ochish/sharhlash
2022-12-25 23:53:01 Dilozorlar

Odatda qalbingga eng yaqin insonlar, qalbingni eng koʻp yaralaydi.

Bu tabiiy hol. Va buni boricha qabul qil. Va tayyor tur.

Chunki hech kim sening qalbingdan qarzdor emas, hatto yaqinlaring ham.

@muzokara_sanati
6 views20:53
Ochish/sharhlash
2022-12-24 19:06:21 Telefondagi oʻyinlar haqida

Telefon, kompyuterda oʻyinlar oʻynash kerakmi?

"Kerak" emas, mumkin: stressni tarqatish uchun. Maksimal bir oyda bir.

Undan koʻpi - koʻp. Befoyda yumushga berilgan energiyani biror foydali ishga sarflagan maʼqul.

Hech boʻlmasa, yolgʻiz qolib, jim turib, tafakkur qilgan ham undan a'lo.

@muzokara_sanati
6 views16:06
Ochish/sharhlash
2022-12-22 20:04:59 Botilga berilish

Odam qancha botilga o'ralashsa, shuncha zehni pasayadi. Diqqatini jamlashi qiyinlashadi.

Tanasi zaiflashadi. Jiddiy ishlar qilishga xohish kamayadi.

@muzokara_sanati
7 views17:04
Ochish/sharhlash
2022-12-21 20:39:30 Oshiqqa garchi za'far marazliqdurur mizoj,
Ma'shuq zikri ul marazig'a erur iloj.
Odamiylik mulki (b35)
6 views17:39
Ochish/sharhlash
2022-12-20 09:43:15 Ilm olish

Haqiqatan ilm olmoqchi boʻlgan kishi safar qilishi kerak.

Oilasidan, yaqinlaridan uzoqda boʻlgani yaxshi.

Chunki bunda fokus faqat ilmga qaratiladi. Yaqinlar bilan bordi-keldi, doʻstlar bilan bazmlar kabilardan forigʻ boʻlinadi.

@muzokara_sanati
7 viewsedited  06:43
Ochish/sharhlash
2022-12-20 09:42:30 Jahl chiqqanida

Jahl chiqqan payt shaytonning eng faol payti boʻladi.

Sunnatga muvofiq tik turganda oʻtirib olish, oʻtirganda yotib olish lozim. Tahorat qilish zarur.

Jahl chiqqanda qilging kelgan ishga teskari ish qil, yoki jim tur.

Sukut eng yaxshi doʻstdir.

@muzokara_sanati
6 views06:42
Ochish/sharhlash