Get Mystery Box with random crypto!

Muzakkirun

Telegram kanalining logotibi muzakkirunn — Muzakkirun M
Telegram kanalining logotibi muzakkirunn — Muzakkirun
Kanal manzili: @muzakkirunn
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 987
Kanalning ta’rifi

Muzakkir – eslatuvchi.
Murojaat uchun: @muzakkirunn_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-23 19:15:46
O‘shanda men yetti yoshda edim. U menga:
– Xuftonni o‘qidingmi? - dedi. Men:
– Xa, - deb yolg‘on gapirdim. U menga ishonqiramay qaradi-da:
– Xohlaganingni gapir. Lekin U ko‘rib turibdi… - dedi.
“U ko‘rib turibdi” degan gapi meni titratib yubordi. Yolg‘on gapirganimga qaramay, o‘rnimdan turib namoz o‘qidim.
U ayol onam edi…

Ali Jobir Fayfiy
“Chunki Sen Allohsan…” kitobidan

@muzakkirunn
511 viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2023-04-23 18:10:44 ​​Do‘stim menga aytdi:

“Qurʼon yodlamoqchiman. Lekin juda dangasalik qilar edim. Kechasi turib:

اللَّهُم اجْمع كَلامك في صَدْري

“Allohumma ijmaʼ kalamaka fi sodriy”ni o‘qidim. Natijada bir oyda yetti pora yodladim”.

Duoning maʼnosi: “Ey Allohim! Kalomingni qalbimga jamla.”

@muzakkirunn
481 views15:10
Ochish/sharhlash
2023-04-23 15:17:23 Furqon, 72-77

*Qalb davosidir bu Qur’on

@muzakkirunn
467 views12:17
Ochish/sharhlash
2023-04-22 21:55:42 ​​Shavvoldan olti kun ro‘za tutish

Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Kim Ramazon (ro‘zasi)ni tutib, ketidan Shavvoldan olti (kun ro‘za) tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi”, dedilar”.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.

Sharh: Ramazon oyidan keyin keladigan Shavvol oyida olti kun nafl ro‘za tutishga targ‘ib qilish o‘ziga yarasha hikmatga ega. Avvalo doimo nafl ro‘za tutishga targ‘ib qilinadi. Qolaversa, Ramazon bo‘yi ro‘za tutib yurib, Shavvolda birdan o‘zini ovqatga urish ham yaxshi emas. Tabiblar ham ochlikdan chiqqandan keyin taom isteʼmol qilishni asta-sekin ko‘paytirishni tavsiya qiladilar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
“Hadis va hayot” kitobidan

Manba: Bintu Sodiq

@muzakkirunn
648 views18:55
Ochish/sharhlash
2023-04-22 21:14:58
Masjidda o‘qilgan nikoh

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Bu nikohni oshkora e’lon qilinglar va e’loni komil bo‘lishi uchun masjidlarda amalga oshiringlar..”, deganlar. (Imom Termiziy rivoyati)

Masjidda nikoh o‘qitish mustahab amal sanaladi.

@muzakkirunn
560 views18:14
Ochish/sharhlash
2023-04-22 19:01:54 – Otam menga Qur’on o‘rgatmagan…
– Otang senga telefonni ham o‘rgatmagan, kompyuterni ham o‘rgatmagan. Lekin o‘zing o‘rganding.

@muzakkirunn
1.5K views16:01
Ochish/sharhlash
2023-04-22 03:55:37
Hali so‘ralamiz…

Barchasidan so‘ralamiz…

Bekorchi o‘tgan vaqtdan, ne’matlardan…

Shukr qilganlarimizdan, qilmaganlarimizdan…

Ranjigan, ranjitgan ko‘ngillarimizdan…

Sababsiz qoldirgan namozlarimizdan…

Bilmasdan so‘zlangan so‘zlardan… Haq bo‘la turib, haqiqatni aytolmaganimizdan, qo‘rqqanimizdan…

Alloh yo‘lida qiladigan ishlardan voz kechganimizdan…

Yordam berish qo‘limizdan kelsa-da, hech ikkilanmasdan indamay ketganimizdan…

Birovni o‘zi yo‘q vaqtida ortidan gapirgan gaplarimizdan, kulganimizdan…

Gunohligini bilib turib, tiyilmaganimizdan… O‘zimizni tiyolmaganimizdan… Asrolmaganimizdan…

Insonlarga nasihat qilib, o‘zimiz amal qilmaganmizdan…
____

So‘ralamiz…

Baridan, barchasidan so‘ralamiz…


@muzakkirunn
1.1K views00:55
Ochish/sharhlash
2023-04-22 00:26:59 قال الأوزاعي رحمه الله تعالى: (إنَّ اللهَ إذا أرادَ أن يَحْرمَ عبدهُ بَركةَ العلمِ، أَلْقَى على لسانهِ المغاليط فلقد رأيتهم أقلَّ النّاس علماً).

Avzo’iy rohmatullohi alayh: “Alloh taolo bandasini ilm barakotidan mahrum qilmoqchi bo‘lsa, uning tiliga xatolarni soladi. Oqibatda, ularni odamlarning eng kam ilmlisi ekanini ko‘rasan”, dedilar.

@muzakkirunn
913 views21:26
Ochish/sharhlash