Get Mystery Box with random crypto!

Muslimbek G'aniyev | Rasmiy blog

Telegram kanalining logotibi muslimbekganiyev — Muslimbek G'aniyev | Rasmiy blog M
Telegram kanalining logotibi muslimbekganiyev — Muslimbek G'aniyev | Rasmiy blog
Kanal manzili: @muslimbekganiyev
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy fikrlarimni o'rtoqlashaman.
▪ Islom | Hanafiy | Moturidiy.
Founder of:
@sharqakademiyasi_uz
Bizning sochlarimiz Ummat va Millat dardi bilan oqaryaptimi?! Umidimiz bor qalbimiz ham...

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-24 02:54:18 Telegramda tarqalgan tush haqida.

(Hasanxon domla)

@muslimbekganiyev
45 views23:54
Ochish/sharhlash
2022-04-14 23:33:29
Ota: - Senga xotin topib qoʻydim.
Oʻgʻil: - Iloji yoʻq.
Ota: - U Prezidentning qizi.
Oʻgʻil: - Kelishdik.
Ota Prezident oldiga keldi.
Ota: Oʻgʻlim uchun qizingizning qoʻlini soʻrab keldim.
Prezident: - Iloji yoʻq.
Ota: - Oʻgʻlim bank mudiri.
Prezident: - Kelishdik.
Ota bank idorasiga keldi.
Ota: - Oʻgʻlimni ishga olishingizni xohlayman.
Bank: Iloji yoʻq.
Ota: - Oʻgʻlim Prezidentning kuyovi.
Bank: - Kelishdik.

Hayot shunday davom etaveradi.

Ayman Yogʻiy

@muslimbekganiyev
104 views20:33
Ochish/sharhlash
2022-04-06 21:35:30
"Taroveh yoki tahajjud namozida ota-onangizga qilgan xayrli duoyingiz ular uchun oʻnta tuya soʻyganingizdan yaxshiroqdir"

Ibn Usaymin rohimahulloh.

@muslimbekganiyev
92 views18:35
Ochish/sharhlash
2022-04-06 10:37:02 "Qiyomat" surasi.

Ilyos qoridan Alloh rozi bo‘lsin.
Juda go'zal qiroat.

@muslimbekganiyev
74 views07:37
Ochish/sharhlash
2022-04-05 22:10:37
Ilm egallashni xohlasang,
gunohga qo'l urma.


Bishr ibn Horis

@muslimbekganiyev
65 views19:10
Ochish/sharhlash
2022-04-05 16:23:36 Do'zaxiy ro'zadorlar

Avvalo bunaqa xunuk sarlavha uchun ma’zur tutasizlar. Ammo ajab emaski oralarimizda xar yilda bir oy oshqozoniga dam berib oʻziga jannatni vojib qilib olgan "roʻzadorlar" boʻlsa (gap egasini topadi). Ha Alloh ta’alo uchun hatto haloldan (yeyish, ichish, jimo) tiyilinadigan oyda haromdan tiyilmagan "Roʻzadorlar" qavs orasiga kirishga mahkum. Chunki ularning roʻzadan oladiganlari faqatgina ochlik va tashnalik, topganlari gunoh boradigan joylari jahannam! (Qanday ham yomon joy-a?!)

Muslim oʻz «Sahih»ida Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamni shunday deganliklarini rivoyat qiladi: "Ummatim ichidan xonavayron boʻlgani qiyomat kuni roʻza (namoz va boshqa katta amallar bilan) keladi......soʻng doʻzaxga uloqtiriladi".

Subhanalloh, xoʻsh nima ekan bunday "taqvodor"ning jahannamga burni ishqalanib kirishiga sabab boʻlgan amal?! Hadisda keladiki u roʻzador birovlarni soʻkkan, tuhmat qilgan, molini yegan xullas qoʻli va tili bilan musulmonlarga qarshi jihod qilgan! Axir Rasululloh Sollalohu alayhi va sallam aytmaganmidilar "Odamlarni doʻzaxga yuztuban yoki burunlarini(ishqab) yiqitadigan faqatgina tillarining hosilasi " deb (Termiziy (2616), Ibn Mojja (3973))

Amallaringizga yaxshilab nazar solingchi oʻsha odam siz emasmi? Roʻza tutib birovlarni gʻiybat qilgan, namoz oʻqib oʻzganing molidan chetlanmagan, zakot berib odamlar tili, qoʻli va amalidan omon qolmagan. Nahotki oxiratga muflis (xonavayron) boʻlib borishdan qoʻrqmasangiz?! Nahotki hamma roʻzadorlarning ismi Rayyondan chaqirilgan vaqtda siz yuztuban holingizda jahannamga ravona boʻlsangiz? Nahotki...?

Yoʻq-yoʻq siz bunga rozi boʻlmaysiz. Siz roʻzani Rayyondan jannatga kirish uchun, xolis Alloh uchun tutyapsiz bu yomon amallarni ham Alloh uchun tark qilasiz. Faqat ramazonda emas balki hisob kunigacha, oyoqlaringiz sirotni ortda qoldirib Rasululloh Sollalohu alayhi va sallamning izlaridan jannat darvozasini taqillatgungacha. Jahannamga rozi boʻlmang uni fojirlarga, muflislarga qoldiring, muslih birodarim.

Nafsingizni malomat qiling, isloh qiling.Bu oyda boʻlmasa unda qachon?! Bugan boʻlmasa unda qachon?! Hozir boʻlmasa unda qachon?!

(Allohga qasam oʻz nafsimga...)
b_buxoriy

@muslimbekganiyev
56 views13:23
Ochish/sharhlash