Get Mystery Box with random crypto!

Do'zaxiy ro'zadorlar Avvalo bunaqa xunuk sarlavha uchun ma’zu | Muslimbek G'aniyev | Rasmiy blog

Do'zaxiy ro'zadorlar

Avvalo bunaqa xunuk sarlavha uchun ma’zur tutasizlar. Ammo ajab emaski oralarimizda xar yilda bir oy oshqozoniga dam berib oʻziga jannatni vojib qilib olgan "roʻzadorlar" boʻlsa (gap egasini topadi). Ha Alloh ta’alo uchun hatto haloldan (yeyish, ichish, jimo) tiyilinadigan oyda haromdan tiyilmagan "Roʻzadorlar" qavs orasiga kirishga mahkum. Chunki ularning roʻzadan oladiganlari faqatgina ochlik va tashnalik, topganlari gunoh boradigan joylari jahannam! (Qanday ham yomon joy-a?!)

Muslim oʻz «Sahih»ida Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamni shunday deganliklarini rivoyat qiladi: "Ummatim ichidan xonavayron boʻlgani qiyomat kuni roʻza (namoz va boshqa katta amallar bilan) keladi......soʻng doʻzaxga uloqtiriladi".

Subhanalloh, xoʻsh nima ekan bunday "taqvodor"ning jahannamga burni ishqalanib kirishiga sabab boʻlgan amal?! Hadisda keladiki u roʻzador birovlarni soʻkkan, tuhmat qilgan, molini yegan xullas qoʻli va tili bilan musulmonlarga qarshi jihod qilgan! Axir Rasululloh Sollalohu alayhi va sallam aytmaganmidilar "Odamlarni doʻzaxga yuztuban yoki burunlarini(ishqab) yiqitadigan faqatgina tillarining hosilasi " deb (Termiziy (2616), Ibn Mojja (3973))

Amallaringizga yaxshilab nazar solingchi oʻsha odam siz emasmi? Roʻza tutib birovlarni gʻiybat qilgan, namoz oʻqib oʻzganing molidan chetlanmagan, zakot berib odamlar tili, qoʻli va amalidan omon qolmagan. Nahotki oxiratga muflis (xonavayron) boʻlib borishdan qoʻrqmasangiz?! Nahotki hamma roʻzadorlarning ismi Rayyondan chaqirilgan vaqtda siz yuztuban holingizda jahannamga ravona boʻlsangiz? Nahotki...?

Yoʻq-yoʻq siz bunga rozi boʻlmaysiz. Siz roʻzani Rayyondan jannatga kirish uchun, xolis Alloh uchun tutyapsiz bu yomon amallarni ham Alloh uchun tark qilasiz. Faqat ramazonda emas balki hisob kunigacha, oyoqlaringiz sirotni ortda qoldirib Rasululloh Sollalohu alayhi va sallamning izlaridan jannat darvozasini taqillatgungacha. Jahannamga rozi boʻlmang uni fojirlarga, muflislarga qoldiring, muslih birodarim.

Nafsingizni malomat qiling, isloh qiling.Bu oyda boʻlmasa unda qachon?! Bugan boʻlmasa unda qachon?! Hozir boʻlmasa unda qachon?!

(Allohga qasam oʻz nafsimga...)
b_buxoriy

@muslimbekganiyev