Get Mystery Box with random crypto!

Tarbiya tavsiyalari Itoatsizlik-bu bola o'ziga nisbatan noto' | Muslima ona kundaligi

Tarbiya tavsiyalari

Itoatsizlik-bu bola o'ziga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lishga qarshi qo'yishi mumkin bo'lgan yagona yo'l. "Quloqsiz", "muammoli", "o'ziga ishonmaydigan" "baxtsiz" bolalar doim noto'g'ri shakllangan oilaviy munosabatlarning natijasidir. Bolani hech bir shartsiz qabul qilish- bu uni chiroyli, aqilli, qobilyatli, a'lochi, yordamchi bo'lgani uchun emas, shunchaki borligi uchun yaxshi ko'rishimizni anglatadi. Bolani qancha ko'p urushsak, u shuncha yomonlashib boraveradi.

Bola yordam so'ramaganida uning ishlariga aralashmang, uning ishlariga aralashmaslik orqali unga " hammasi joyida", "sen uddalaysan" degan undov bergan bo'lasiz. Bola qachon o'zi qiziqqan mashg'ulot bilan shug'ullansa qobilyatlari rivojlanadi. Farzandingizni o'z harakati oqibatida salbiy vaziyatlarga kelishiga imkon berinh. Shunda farzandingiz ulg'aya boradi.

O'z noroziligingizni bolani alohida harakatlari orqali bildiring, muhokama qiling.
Qattiqqo'l ona boladan hissiy uzoqlashgan bo'ladi
@Muslima_ona_kundaligi