Get Mystery Box with random crypto!

​​Savol: Sentabrdagi dam olishlar hisobiga ta’tillar muddatini | Musayev_Sunnatillo (yurist)

​​Savol: Sentabrdagi dam olishlar hisobiga ta’tillar muddatini qanday to’g’ri hisoblash kerak
Mustaqillik bayramida barcha xodimlar ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun ketma-ket dam olishadi. Lekin bu dam olishlar kadroviklar uchun ta’til muddatini hisoblashda qiyinchiliklar tug’diradi. Demak, sentabrdagi dam olishlar ta’tillar muddatiga qanday ta’sir qiladi?

Mehnat kodeksi 139-moddasiga ko’ra, ta’tillarning muddati kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.

Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va ushbu Kodeksning 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar ( 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari) deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 8-q/q, 47-son qaroriga ilova “Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida” gi 2985-sonli Yo‘riqnomaning (https://lex.uz/docs/-3590278) 16-bandiga ko’ra, ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan

dam olish (yakshanba)

ish kuni bo‘lmagan bayram kunlari (131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan 9ta bayram kunlari )

qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar hisobga olinmaydi.

Demak, qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda hisobga olinmaydi ya'ni ta'til kunlariga qo’shilmaydi.

1-sentabr (payshanba) – bayram (ishlanmaydigan) kun. Asos: Mehnat kodeksi 131-moddasi.

2-sentabr (juma) – ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun.

3-sentabr(shanba):

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun; Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-son Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-5990048)

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun kalendar dam olish kuni. 

4 sentabr (yakshanba) – ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun kalendar dam olish kuni.

Ta’tilni hisob-kitob qilishda sentabrning qaysi kunlarini kiritamiz.
“5 kunliklar” uchun – 1, 2 va 4 sentabr kiritilmaydi (3-sentabr ta’tillar hisob-kitobiga kiritiladi chunki shanba “5 kunliklar” uchun shundoq ham dam olish kuni va ta’tillarning muddati 6 kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.

“6 kunliklar” uchun – 1, 2, 3, 4-sentabr kiritilmaydi, chunki 3 sentabr “6 kunliklar” uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun deb e’lon qilingan.

Misol, “5 kunlik” xodim 1-sentabrdan 15 ish kuniga ta’tilga chiqsa, uning ishga chiqish sanasi 21-sentabr bo’ladi (1, 2,4, 11, 18 – sentabrlar ta’tillar muddatiga kirmaydi).

“6 kunlik” xodim 1-sentabrdan 15 ish kuniga ta’tilga chiqsa, uning ishga chiqish sanasi 22-sentabr bo’ladi (1, 2,3, 4, 11, 18 – sentabrlar ta’tillar muddatiga kirmaydi).

Янада кўпроқ маълумот олиш учун @Musayev_s_s 

Telegram  | Instagram  | TikTok |